To‘rt karra “Oltin to‘p”, uch karra “Oltin butsa” sohibi Lionel Messi professional futbolchilik faoliyatini boshlanagiga 10 yildan oshdi. U ana shu davr ichida 600 dan ortiq uchrashuvlarda ishtirok etdi. Biz Leoning shu paytgacha futbol maydonida olgan jarohatlari haqida to‘xtalib o‘tmoqchimiz.
2006 yil mart
19 yoshli vunderkind Chempionlar ligasida “Chelsi”ga qarshi bahsda o‘ng boldir mushaklari cho‘zilgani oqibatida safdan chiqadi va mavsumni erta yakunlaydi. Leo o‘sha mavsumda hattoki Chempionlar ligasi finalida ham qatnasha olmadi. Boz ustiga taqdirlash marosimi ham Messisiz o‘tdi.
2006 yil noyabr
La Ligada “Saragosa”ga qarshi uchrashuvda Messi chap tovon suyagini sindirib oldi. Natijada argentinalik 3 oyga safdan chiqdi. Ha, 2006 yilning oxirgi 9 oyining faqatgina ikki oyida Messi maydonda to‘p surdi. Qolgan yeti oyni esa jarohatini davolash bilan o‘tkazdi.
2008 yil mart
Messi yana Chempionlar ligasi uchrashuvida jarohat oldi. Uning chap boldiri mushaklari lat yedi. Bu safargi davolanish uchun 6 hafta vaqt ketdi.
2010 yil sentyabr
“Atletiko”ga qarshi bellashuvning so‘nggi daqiqalarida Madridliklar himoyachisi Tomash Uyfalushi mitti Messiga o‘ta qo‘pol tarzda peshvoz chiqdi. Oqibatda Leoni zambilda maydondan olib chiqib ketishdi. Oradan 5 kun o‘tgach hujumchi individual tarzda shug‘ullana boshladi.
2012 yil dekabr
Messi bir yil davomida gol urish borasida afsonaviy Gerd Myullerning rekordini yo‘qqa chiqaraman deb yurgan bir paytda “Benfika”ga qarshi uchrashuvda darvozabon bilan to‘qnashib ketib, maydonda cho‘zilib oldi. Muxlislar uning ahvolidan xavotir ola boshlashdi. Biroq Leo bir kundan so‘ng trenajyor zalida ko‘rinish berib, muxlislarga hammasi joyida ekanligini ma'lum qildi.
2013-yil noyabr
Ispaniya chempionatining 13-turida “Betis”ga qarshi uchrashuvning 22 daqiqasida Leo oyog‘ining son qismidan jarohat oldi. Shundan so‘ng u o‘yinni davom ettira olmasligi ma'lum bo‘lib, zaxiraga olingan. Natijada argentinalik daho 8 haftaga safdan chiqdi. Ushbu jarohat Messining qatorasiga beshinchi marotaba “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishiga halaqit berdi.
2015-yil sentyabr
Oradan sal kam ikki yil vaqt o‘tib Messi yana 8 haftaga safdan chiqdi. U chempionat doirasida “Las-Palmas”ga qarshi uchrashuvning dastlabki daqiqalrida himoyachi Pedro Bigas bilan to‘qnashib ketdi. Tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra futbolchi chap tizzasidan jarohat olgani ma'lum bo‘ldi. Messi ushbu oy oxirlarida safga qaytishi kutilmoqda
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев