1. Katta reja bilan ish
boshlamang. Yuqoridan
boshlagan pastga tushadi.
Pastdan boshlagan esa yuqori
ko’tariladi. Har qanday biznesni
mayda hajmdan boshlang. Har
qanday biznesni sodda shakldan
boshlang. Keyin esa odamlar
ehtiyojiga qarab kengaytiring.
Olamni yaratlishi ham sekin
astalik bilan bo’lgan. Diniy
kitoblarda yozilishicha Xudo yeru
osmonni 6 kunda yaratgan.
Yerdagi hayot ham dastlab sodda
shaklda bo’lgan.
2. Siz uchun ishlaydigan
ishchilarga yoki korxonaniz
xodimlariga chiroyli qulay sharoit
yarating. Ularga yaxshi daromad
bering. Avvalo o’zingizni ular
o’rnida qo’yib ko’ring.
3. Bor pulingni sarflab
yubormang, zahira uchun ham
saqlab qo’ying. Hayotda har xil
holat bo’lishi mumkin. Iloji
boricha qarz olmaslikka harakat
qiling. Umuman qarz bilan ish
boshlamang.
4. Yopiq eshikka ko’p urinmang.
Biznes ko’p marotaba
muvaffaqiyatsizlikka uchrayversa
biror narsani o’zgartirish kerak.
SIz uchun yopiq bo’lgan yo’lga
ortiqcha urinavermang. Boshqa
yo’l tanlang. Ayniqsa qiyin ishga
foydani deb o’zingizni
qiynamang. Hamisha siz uchun
ochiq va oson ishni bajaring.
5. Havas qilmang, taqlid qilmang.
Birov erishgan yutuq – bu uning
yo’li, sizni o’z yo’lingiz bo’lsin.
Boshqalarni yo’liga havas qilib
uning yo’lidan bormang. O’z
uslubingiz bo’lsin. Siz o’zingizga
qiziq va osob yo’ldan boring. Kam
foyda bo’lsa ham o’z yo’lingiz
bo’lsin.
6. Zavqli va qiziqarli ishni tanlang.
Ununtmang, bu dunyo o’yin
maydoni kabi. Rizq esa Xudodan
kelaveradi. Siz pul uchun har
ishga urinmang. Hamisha zavqli
ishga qo’l uring. Mayli, foydangiz
oz bo’lsa ham ishdan zavq oling,
shunda hayotda sermazmun
yashaysiz. Kuningiz barakali
o’tadi. Chunki inson hayotga bir
marotaba keladi. Shu
hayotingizda zavq olib ishlab
vaqtingizni mazmunli o’tkazing.
Qog’oz pullar jamlayman deb
aqlingiz va kuchingizni
sarflamang, Bu qog’oz pullar
7. fikrlab keyin ish qiling. Aql
bilan chuqur o’ylang. Pul kelgan
joyga har doim ham o’zingizni
uravermang. Qo’l va oyoqni emas
aqlni ko’p ishlating. Shu joyda bir
hikoyani aytmoqchiman. Ikki
o’rtoq o’tin kesish uchun o’ronga
chiqar ekan. Shulardan biri ko’p
ishlar ekan, kun bo’yi mehnat
qilarkan. Ikkinchi odam esa
ozroq ishlar ekan, lekin ko’proq
o’tin to’plar ekan. Shunda birinchi
do’sti so’rabdi: - Do’stim sen
mendan kam ishlaysan, ora
sirada dam olasan. Lekin men
sendan ko’ra ko’p ishlayman,
Ammo qanday qilib mendan ham
ko’proq o’tin to’playapsan ? –
debdi. Ikkinchi odam: - Ey,
do’stim sen ko’p ishlaysan. Ko’p
charchoq bilan ishlaysan, hatto
ish qurolingga ham qaramaysan.
Men esa har soat o’zim dam olib
kuch to’playman va boltamni
charxlayman. – debdi.
8. Biznesingizda mijoz
yuqotmaslik sizning
muvaffaqiyatingizga katta sabab
bo’lishi mumkin. Qanday qilib
mijozni yuqotmaslik mumkin?
Buning yo’llari quyidagicha: - har
qanday mijozga xushmuomala
bo’ling. Uning tashqi ko’rinishi
yomon bo’lsaham, uning injoqligi
sizga yoqmasa ham sabr bilan
chiroyli gapiring. Ajab emaski
o’sha sizga yoqmagan mijoz
o’zining do’stlariga ham sizni
mahsulotingizni tavsiya etsa.
Mijoz yuqotmaslik uchun har bir
mijozga sifatli xizmat ko’rsating.
Hech kim sizdan norozi
bo’lmasin. Yana bir usul, siz taklif
qilgan narx mijozga maqul
kelmasa hech qachon uni bo’sh
qaytarmang, arzonroq takliflarni
ayting. Ilojingiz bo’lsa tekinga
ham mijozlarga xizmat qiling. Bu
sizga avvalda zarar bo’lishi
mumkin, lekin kelajakda o’sha
mijoz siz haqingizda boshqalarga
yaxshi fikrlar aytishi mumkin.
9. Bepul ishlashdan qo’rqmang.
Bepul xizmat ko’rsatish, bu eng
ajoyib reklamadir. Ko’plab
tadbirkorlar o’z mahsulotini
avvalda tekin tarqatadi. Komputer
texnologiyalari sohasida ham
ko’plab kompaniyalar o’z
dasturlarini bepul tarqatmoqda,
ba’zilari dastur yaratuvchi
korxonalar o’z mahsulotini 30
kun mobaynida bepul
foydalanishga beradi. Ba’zilari
esa mutlaqo bepul taqdim etadi.
Ana shunday kompaniyalar ham
hozirda katta daromad
ko’rmoqda. Odamlarga savob
uchun ham o’z mahsulotingizni
ba’zan bepulga bering. Chunki
savobli ishning mukofotini
Xudoning o’zi beradi.
10. Biznesda hamma ishni
o’zingiz qilmang. Har ishni o’z
mutaxassisiga topshiring. Ular
ham daromad ko’rsin. Bundan
tashqari, ko’p kallada ko’p fikr –
degan naql bor. Shu bilan sizning
ishingiz osonlashadi, sizda yangi
g’oyalar uchun bosh qotirishga
vaqt bo’ladi. ishchi yollashda
duch kelgan odamni yoki tanish-
bilishni emas. Shu ishga mehr
qo’ygan odamni ishga oling.
Bilimi oz bo’lsa ham muhimi
qiziqishi bo’lsa keyinchalik
o’rganib oladi.
11. Daromadni adolat bilan
taqsimlang. Ishchilarga oylik yoki
ish haqi berishda ziqnalik
qilmang. Iloji bo’lsa korxona
daromadini ishchilar bilan o’zaro
kelishilgan holda taqsimlang,
shunda barcha xodimlar korxona
daromadini oshirish uchun bor
mehnatini sarflaydi. Chunki
korxona daromadi oshsa
ularning ulushi ham oshadi.
12. Yuragingiz tortmagan ishga
qo’l urmang, Agar biror ishdan
ikkilansangiz, yoki biror joyga
borishda oyog’ingiz tortmasa
o’sha ishdan voz keching. Unday
ishni qilmang.
13. O’rganishdan to’xtamang. O’z
sohangizga oid o’quv
seminarlariga va
konferensiyalarga qatnashib
turing. Yangiliklardan xabardor
bo’lib turing. Korxonangiz
xodimlarini ham o’qitish uchun
o’z hisobingizdan mablag’
ajrating.
14. Ko’z tegishi va hasad – bu
sizni dushmaningiz. Odamlarga
ishingiz haqida maqtab
gapirmang, chunki “ko’z tegishi”
bu haqiqatdir. Sizni
muvaffaqiyatingizni
ko’rolmaydigan odamlar bo’lishi
mumkin. Hech qachon
muvaffaqiyatlaringiz haqida
hammaga oshkora gapirmang.
O’zingizni o’rtamiyona odamlar
kabi tutishga harakat qiling.
Daromadlaringizni sir saqlang.
15. Lazer nuri kabi aniq nuqtaga
etibor qarating. Ishingiz lazer
nuri kabi aniq maqsadga
yo’nalsin. Boshqasini qo’shimcha
vaqtda bajarasiz. Masalan,
korxonangizni asosiy ishi bitta
bo’lsin, Masalan tikuvchilik
korxonasi ochsangiz, u holda
aniq bir turdagi kiyim tikish sizni
asosiy vazifangiz bo’lsin. Misol
uchun, erkaklar ko’ylagi tikishga
ixtisolashing, qolganlari esa-
shim, ishton tikish, kurtka tikish
kabilar ikkinchi darajali ishingiz
bo’lsin. Bir vaqtning o’zida bir
necha ish bilan shug’ullanish
qiyin bo’ladi. hammasi chala
sifatsiz bo’lishi mumkin. Mashxur
korxonalar ham shunday yo’l
tutadi, google haqida gapirganda
hammani ko’z o’ngida
internetdagi qidiruv vebsayti
namoyon bo’ladi. ammo
googlening boshqa xizmatlari
ham ko’p. Microsof nomi bizga
operatsion tizimi va offis
dasturlarini eslatadi. Aslida uning
ham mahsulotlari ko’p. Apple esa
iphone nomli mobil telefonlariga
ixtisoslashgan. Xullas,
mo’ljallagan nishon bitta bo’lsa
unga yetishish oson bo’ladi.
16. maqsadingiz pul bo’lmasin.
Sizni masadingiz odamlarni
ehtiyojini qondirish bo’lsin.
Chunki har qanday biznesning
asosiy g’oyasi bu odamlarga
biror bir foydali narsa taqdim
etishdir. Kim ko’p odamga foydali
narsa ulashsa o’sha ko’p
daromad ko’ra oladi. Birovni
ishiga taqlid qilib yoki birovni
daromadiga havas qilib uning
ishini takrorlash oqibatida
hamma narsadan quruq
qolishingiz mumkin.
17. Ma’lum toifa odamlar uchun
xizmat qilasiz. Siz hammani
ehtiyojini qondira olmaysiz. Har
qanday tadbirkor qaysidur toifa
odamlar uchun xizmat ko’rsatadi.
Masalan, bug’doy yetishtirgan
dehqon hosilni hammaga
sotolmaydi, uni faqat
tegirmonchiga yoki novvoyga
sotishi mumkin. Aytaylik, kiyim
ishlab chiqarsangiz, uni ma’lum
toifadagi xaridor oladi. Yosh bola,
erkak yoki ayol, yoki qariyalar
uchun mo’ljallaysiz, ya’ni ma’lum
bir guruh mijozlar uchun
ishlaysiz. Shuning uchun avvadan
o’zingizga savol bering, qaysi
toifadagi odamlarga xizmat
qilaman? Qaysi yoshdagilar
mening mahsulotimni oladi?
Mahsulotim boy toifa uchunmi
yoki kambag’al –o’rtahol toifa
uchunmi? Xullas o’zingizning
auditoriyangizni bilib oling, va
reklamani ham o’sha toifadagi
odamlar uchun qiling. Masalan siz
sayohat agentligi ochdingiz.
Demak siz, boy toifa, sayohatga
chiqa oladigan odamlar uchun
xizmat ko’rsatasiz. Bunda
reklamani ham o’shanday
odamlar ko’p istiqomad qiladigan
yerlarga qo’yasiz. Yoki park kabi
dam olish joylarida ham qo’yosh
mumkin.
18. Dam olishga vaqt ajrating.
Dam olish sizga yangi kuch
to’plashingizga imkon beradi.
Agar korxonangiz bo’lsa, u holda
xodimlar bilan birgalikda
tog’larni sayr etishga chiqing.
Ko’pincha yangi g’oyalar sayohat
payti, baland tog’larda fikrga
kelishi mumkin. Agar foydani deb
tunu kun ishlasangiz bir kun
kelib o’z ishingizdan nafratlanib
qolasiz. Kunda 8 soat ishlab,
haftada 2 kun dam oling. Yilda
bir marta 1 oy sayohatga chiqing.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев