Bedor kutdim, sog’inch alam zaxrin yutdim.
Nuridiydam faqat san deb yashab o’tdim,
Olislarda yurgan bolam bir kelib ket…
Bu g’amlardan ado bo’ldim yig’lab-yig’lab,
Ochlik emas qismat borar bag’rim tig’lab,
Shunday kunda kirib kelgin onang yo’qlab,
Olislarda yurgan bolam bir kelib ket…
Yo’llaringda ko’zim qoldi bo’lib bedor,
Madorim yo’q yolg’izlikdan bo’ldim bemor,
Kelgin bolam gaplarimdan bo’lmay bezor,
Olislarda yurgan bolam bir kelib ket…
Yuragimni qiynab turgan armonim bor,
Keng dunyolar ko’zlarimga bo’lmasdan tor,
Volidangni yolg’izlikda qoldirma zor,
Olislarda yurgan bolam bir kelib ket…
Rozidurman jim kelsang xam so’rashmasdan,
Ojiz qoldim hayot uchun kurashmasdan,
Ulgurib qol kafanlarga o’rashmasdan,
Olislarda yurgan bolam bir kelib ket…
Kuyganlarning qalbidagi mungli kuyman,
Bir tilak deb ich etimni tinmay yeyman,
O’lmasimdan diydoringni ko’rsam deyman,
Olislarda yurgan bolam bir kelib ket…
Vujudingni cheksiz mexrim bilan o’ray,
Bag’ringa bosh qo’yib xasta ko’nglim yoray,
Kelmasang gar ayt manziling o’zim boray,
Olislarda yurgan bolam bir kelib ket.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 4