-Uni unutdingmi?!
-Kimni?
- deysan bazo'r qaltirab...
Quloqlaring ostida xar on
shivirlagan ovozni, Ko'zlaringa
chaqin misol urilgan nigohni,
Zimiston xonaning burchagida
o'chayotgan sham kabi qolgan
"Xotira"larni eslatib yana nomim
yangraydi...
Garchi ichingdagi g'alayon dod
devoray deyotgan bo'lsada, hiyol
ko'zinga tushgan sochlaring
tolasin asta yeg'ishtirgancha
ma'yus jilmayib:
- Unutganman
- deysan, bor vujuding alanga
ichida qoladi, To'g'rida axir
unutding-ku?! Sani tark etgan
insonni eslashtan ne naf? Ortiq u
suratga boqmay qo'ygansan,
qayerdadir kitob ichidami, gilam
tagidami "oyoq osti" bo'lib qolib
ketgan...
Yo'q- yo'q oyoq osti qilmading
vujuding nafratga to'layotganda,
aqling izmidan chiqib suratni
yoqmoqchi bo'lganda yuraging
bilan kelishib uni berkitib
qo'ygandilaring. Qachonki
yuraging ko'zlari ko'r bo'lganda
undagi siyrat o'chganda yana
qayta muhrlash uchun
axtarasan...
Unutganing rost yo'qsa san
uchun bir olam quvonch
keltirgan necha yillar kutganing
"Baxt"ingni olib kelgan o'sha
"sirli maktub"ni o'qimay qo'ygan
bo'larmiding? Mayli unda xazil
yozilgan bo'lsin Mayli uni tan
olmasin lekin baribir o'qimay
qo'yding-ku? Nimalar deyapman
undagi so'zlarni uyqudan
uyg'onib ham yoddan ayta
olasanku...
Ranjima u atay so'ramadi,
bilgani uchun, tuyg'ularingni xis
qilgani uchun, O'zingni
betashvish, beg'am tutishga
urinayotganingni ammo
qalbingda boshqa xolat g'ujg'on
aylanayotganini sezgani uchun
so'radi, Xamisha aytarding- ku
"U mani eng yaqin dugonam,
mani mandanda yaxshiroq
biladi..." Ishonma, bolalikdagi
o'ylaring bilan qol ishonma bu
"Sevgi" deganlariga u yo'q unda
faqat azob-u-xijron xukmron...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев