Ovozlari mayin, beg’ubor ko’ngil,
Sog’inchdan ko’ngilga sig’mayapti qil, Tushungizga kirgim keldi, onajon…
Yoningizdan jilmay, quvonchga to’lib Dunyolarga sig’may, qiyqirib, kulib,
Biz zumga bo’lsa-da, yosh bola bo’lib Orqangizdan yurgim keldi, onajon…
Aytar gaplarim ham ko’pdan ziyoda, Yig’lolmasdan yoshlar ichimda shoda… Qo’ng’iroq qilibmas, bugun ro’yoda,
Holingizni so’rgim keldi, onajon.
Ichim jimirlaydi, havotir tinmas,
Bemehr qizingiz qadringiz bilmas,
Har kun tavof aylab, rasmingiznimas,
O’zingizni ko’rgim keldi, onajon…
…Tunlar uxlolmasdan halak bu jonim, Mehringizni qo’msab bir zumga tindi…
Qo’llari duoda - jon Onajonim,
Shu kecha Men Sizni juda sog’indim.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1