Предыдущая публикация
Tikonlari chiqdi yôldan.
Nada tikonlari,turfa ilonlari
Chiqdi yôldan.
Tilindi qalb,shilindi til
Baloyi nafs bôldi g'olib.
Qimorga boy berildi or
Pushmonlari chiqdi yôldan.
Kôngul berdim ul yora nogoh,
Axtarib men tasannolar.
Zaharxanda qildi ag'yor,
Yomonlari chiqdi yôldan.
Zamon haqqa tegishli deb,
Necha fursat qildim sabr.
Chektiriboq necha soqiy,
Zamonlari chiqdi yôldan.
Bu bir qismat,budir balki,
Peshonamga yozilgani,
Xudo urgan shaytanatning
Shaytonlari chiqdi yôldan...
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев