Предыдущая публикация
U juda baxtli... Tabassumi o'ziga juda yarashib turibdi...
Bugun yana uni ko'rdim... Yonida bir yigit bor edi... U o'sha yigitga tabassum qilib turar edi...
Bugun uni ko'rdim... U oppoq libosda... Yonida o'sha kungi yigit... U juda baxtli...
Bugun uni ko'rdim... U farzand kutyapti... U juda baxtli...
Bugun uni ko'rdim... Qo'lida chaqaloq... Farzandiga tikilib tabassum qilib turardi... U juda baxtli...
Bugun uni ko'rdim... U mening ismimni aytib chaqirdi... Sanjar... Ortimga qaradim... Uning quchog'iga 5 yoshli o'g'ilchasi kelib o'zini otdi... Shunda angladim... U meni unutmabdi...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев