Assalomu alaykum kelin salom
Avvalambor ikki olam sarvari
Yaratgan egamga salom!!!
To ‘rga gilam to ‘shagan,
To’raday o’g’il o’stirgan .
Katta momoga bir salom.
To’badan choh kavlatgan,
Soydan tulki ovlatgan
Katta buvaga bir salom.
Ka’batillo yo’lida
Joynamozi go ‘lida
Qayriotasiga salom.
Oyboltaday salmoqli
Eshonoyimday dimog’li
Qaynonalariga salom.
Qora qo’ying harrasi
Yigitlarning sarasi
Kuyov navkarlarga salom.
Uyida ko ‘pdir teragi
Hammadan ham keragi
Salom-salom уor-yor
Amma-xolalariga salom.
Qora qo ‘chqorni so ‘ydirgan
Mahallani to ‘ydirgan
Salom-salom yor-yor
Amaki-tog’alariga salom.
Pista, bodomni ko’p chaqqan
Akasi kelsa gap chaqqan
Salom-salom уor-yor
Qaynsinglisiga salom.
Yigitlarning sardori
Kelinimizning xaridori
Salom-salom yor-yor
Kuyov pochchaga salom.
Bo ‘ynimdagi marjonim
Uzilib ado bo’ldi
Shuning bilan azizlar
Salomim tamom bo’ldi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 29
Ikki yoshni bir qilgan.
Salom salom kelin salom,
Avval Olohga salom.
Tong saharlab tur degan,
Tahoratga suv degan.
Salom salom kelin salom,
Qaynotasiga salom.
Ko'krak isi berilgan,
O'g'il boqib kerilgan.
Salom salom kelin salom,
Onajonisiga salom.
Mehmon kelsa xush degan,
Mehmonxona bo'sh degan.
Salom salom kelin salom,
Amakilariga (tog'alariga) salom.
Uzun ko'ylak kiyganlar,
Yugurib xizmat qilganlar.
Salom salom kelin salom,
Ammajonisiga (xolalariga) salom.
Dakan xo'rozga don bergan,
Qizlar desa jon bergan.
Salom salom kelin salom,
Kuyov navkarlarga salom.
Yigitlarning sardori,
Kelin bola xaridori.
Salom salom kelin salom,
Kuyov bolaga salom.
Past devordan qaragan,
To'y qachor deb so'ragan.
Salom salom kelin salom,
Qo'shnilariga salom.
Qizil olmaning po'sti,
Qolmasin kamu-ko'sti.
Salom salom kelin salom,
Hammalariga salom.