Qani endi ertaklardagi kabi umrboqiy bir damlama bo'lsayu qancha mashaqqat bo'lmasin uni topish yo'lida, topib yurtboshimizga olib kelib bersamu bizning, vatanimizning, millatimizning boshida ming yil yana tursalar. Bunaqa zukko, bunaqa odil, bunaqa dono, bunaqa sahovatpesha, bunaqa xalqparvar rahbar yana qayerda bor ekan a???. Mustaqillik deb atalmish ne'matni bizga in'om etgan sohibqiron yurtboshimizga qancha tashakkur aytsak oz. Bir eslang a, 1991-yil Namanganga bir guruh dinni niqob qilib olgan Tohir Yo'ldosh va uning minglarcha safdoshlari kollej binosini qamal qilib Namangan va butun O'zbekistonni qo'lga olib halifalik davlati e'lon qilaman deb turgan paytda.... Minglarcha odamlar orasidan bir qahramon, millat qahramoni Yurtboshimiz Islom Abdug'aniyevich Karimov bir o'zlari, qo'riqchilarsiz terroristlar qurshab olgan binoga hayotlarini millati, vatani uchun garovga qo'yib kirdilar. Bunaqa mardlik, bunaqa tantilik, bunaqa qahramonlikni kutmagan minglarcha vaxshiylar ham o'sha damda yurtboshimizga qoyil qolib ikkiga bo'linib yo'l ochib bergandilar. Minbarga chiqqan yurtboshimiz bizda hech qachon halifalik bo'lmaydi lekin masjidlarni ko'paytiramiz, dinimizni rasman Islom dini qilamiz deb va'da berdilar. Qarang mustaqillikdan keyin qanchadan-qancha ko'rkam masjidlar qurildi, rasman davlat dini deb Islom dini qabul qilindi. Mana qanaqa bo'ladi lider? Mana qanaqa bo'ladi prezident? Mana qanaqa bo'ladi rahbar?. Man uchun Putin u Obamani bir qilsak ham yurtboshimizchalik bo'la olmaydi. Ha gapirsak gap ko'p, ha juda ko'p. Agar hurmatli Prezidentimiz yana saylovga nomzodlarini qo'ysalar nafaqat man balki O'zbekistonning 100% foiz aholisi u kishiga ovoz berishi aniq. Odil, mard, tanti, sahovatpesha, xalqparvar rahbar doim xalqqa kerak. Millatimiz, vatanimiz, davlatimiz boshiga dunyo turguncha turing hurmatli Islom Abdug'aniyevich Karimov. Sizni butun O'zbekiston qo'llaydi va yaxshi ko'radi.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2
orqadadirmiz. Lekin, biz o‘z yo‘limizni tanladik va bu yo‘ldan qaytmasdan,
qat’iy ishonch bilan ayta olamiz: moddiy nuqtai nazardan ham bu marra albatta
bizniki bo‘ladi, ammo ma’naviy nuqtai nazardan qaraganda, eng yengilmas kuch
o‘zi nima? Yuksak ma’naviyatli xalq emasmi? O‘zingiz ayting, bunday xalqni
yengib bo‘ladimi? (I. A. Karimov)