Keling birgalikda mushoxada yuritamiz...
Mana 1-davra ham o'z yakuniga yetdi. Jamoamiz "So'g'diyona" yorqin o'yinlar namoyish etdi. Biroq ishqibozlarning noroziligiga bitta sabab bor, u ham bo'lsa bilet narxi masalasi bo'yicha. Ushbu masala bo'yicha va muxlislarning talabiga binoan yozishga qaror qildim. O'tgan 2015, 2016 yilgi mavsumni bir yodga olamiz. 2015 yilda jamoamiz "So'g'diyona" oliy ligada jon saqlab qolish uchun o'ynadi. Lekin stadionga kirish borasida o'sha payt muxlislar kamchilikni tashkil qilmadi. Garchan jamoamiz so'ngi pog'onalarni qayd etgan bo'lsa-da, muxlislar stadionga 5 ming nari borsa 6 ming yodda qolarlisi 7, 8 ming ishqiboz ham kirishgan. Nima uchun? Chunki u payt bilet masalasi narxi 5 ming edi. Bu so'mma ishqibozlarimizni noroziligiga olib kelmaydi. To'g'ri 2015 yilning chamasi yoz oyida
stadion yangi ochilgandi. Ilk uchrashuv stadion bilan liq to'lgan edi. Undan keyingi bahslarda biroz pasayish yuzaga keldi, 8, 7, 6 ming ishqiboz kira boshladi. Mavsum yakunigacha 2015 yilda muxlislar 5 ming tani tashkil qildi. 2016 yilgi mavsumda ham deyarli shu ko'rsatkich holati yuzaga keldi. Faqat 2015 yilgi mavsumdan biroz past ko'rsatkichda. O'tgan mavsum bilet narxi dam 7 ming dam 8 ming bo'ldi. Lekin muxlislar biroz noroziligini bildirdi, ammo o'tgan mavsum stadionga bu mavsum 1-davrasidan ancha muxlis kirishgandi. Yodda qolarlisi 7, 6 ming, 5 ming, 4 ming va eng kami 3,5 ming muxlis kirishgan edi. Ana endi bu mavsumga e'tibor qarating. Bu mavsum bilet narxi 10 minga ko'paytirildi. Vohalanki ishqibozlar noroziligiga ancha sabab bo'ldi. Valyuta ko'rsi oshsa agar bizda ham oshadimi bilet narxi? Yo tovba. Yildan yilga narx ko'tarilib ketishini qanday izohlash mumkin. Axir futbol muxlislar uchun emasmi? Ularni ko'nglini xira qilmayapmizmi? Bu mavsum 1-davrada judayam kam ishqiboz stadionga kirishdi. Stadion suhandoni ta'kidlab o'tishicha, 1 ming 700 ta nari borsa uzog'i bilan 2 mingta muxlis joy olar edi. Qarama qarshi mash'ala yonidagi stadion deyarli bo'm bo'sh. Faqatgina kam sonli fan klubdan iborat ishqibozlar joy olishadi. Bu nima bilan bog'liq? Albatta bilet narxi yuqori ekanligi, muxlislarni yo'qolishiga sabab bo'layapdi. Ana endi bir jihatga e'tibor qaratamiz. 2015 yilda kamida 5 ming muxlis kirishdi. Bu 2017 yilgi mavsum esa 1-davrada 2 ming muxlis bilan maqtana oldi xolos. 2015 yilda bilet 5 ming, 2017 yilgi bu mavsumda bilet 10 ming. Ana endi taqqoslab ko'ramiz. Bu kichik matematik jumboqqa o'xshab ko'ringan bilan kimlarnidir hayoliga kelmasligi tabiiy. 2015 yilgi 5 ming narx va 5 ming muxlis. 2017 yilgi 1-davrada 10 ming narx va 2 ming muxlis. Endi taqqoslab ko'ring. Tarozini pallasi 2015 yil, 5 ming narx va 5 ming muxlis tomon bosayapdi. Agarda bu mavsum 1-davrasida deylik bilet narxi 5 ming bo'lsa, kamida 5 ming ishqiboz kirishadi. Bu ko'rsatkich bilan yutsa bo'ladi. Stadiondagi muhit ham nisbatan o'zgarishni olib keladi. Bundan esa hamma mamnun bo'lardi. A hozirgi holatdan esa hech kimni aniqrog'i muxlislarni ko'ngli to'lmaydi. Kelgan mehmon jamoa fan klubi a'zolari bilan suhbatlashganimizda aytib o'tishadi. Buncha stadionda muxlislar judayam kam? Shunda men javob beraman, bilet narxi 10 ming, shu bois kam sonli muxlislar kirishadi. Bu jamoa ko'rsatgan natijadan emasmi deydi? Men javob berdim. Yo'q, narx yuqoriligidan kam sonli ishqibozlar joy olayapdi.. Jizzax axli futbolni sevadi. Har xil sharoitga ega muxlislarni bilet narxi yuqori ekanligi tusib qolayapdi. Mehmonlarimiz xayratda. Jizzax stadioni muhiti ancha pastligi inson ko'nglini xira qiladi. Buni xattoki mehmonlarimiz ham ta'kidlab o'tishmoqda. Ha afsuski shunday. Ochig'i judayam sog'indik to'lib turgan stadionni. Yangilanish va yasharish kerak. Yangilanish va yasharish bahor kabi qiyoslab, muxlislarni ko'paytirib futbol bahorini olib kelish kerak. Chunki futbol muxlislar uchun. Xulosa chiqarish o'zlarizdan albatta. 2-davrada biror bir o'zgarish yuzaga kelishiga tilakdoshmiz. Muxlislarni qaytaraylik...
H. Norpo'latov tayyorladi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев