Islom Karimov
Baxtimiz Qomusi qabul qilinganligiga endigina 21 yil bo’ldi. Lekin shu qisqa, shu bilan birga asrlarga tatigulik yillarda O’zbekistonning bo’y-basti, qudrati, nufuzi jahonning manaman degan rivojlangan mamlakatlari bilan bo’ylashdi. Shu o’rinda viloyatimizning yoshlarini o’z o’rni borligi juda ham quvonarli.
Prezident Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 21 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasini bor vujudim bilan tingladim. Ayniqsa, ma’ruzada ta’kidlab o’tgan aql-zakovat musobaqasi bo’lmish shaxmat bo’yicha jahon chempioni unvoniga erishgan 8 yashar Nodirbek Abdusattorovni olasizmi yoki 5 yashar – e’tibor bering, 5 yashar – jajji o’g’lonimiz Islombek Sindorovning Osiyo chempioni degan sharafli nomga sazovor bo’lganini olasizmi, qani ayting, aziz do’stlar, bunday yutuqlar bilan faxrlanmasdan, g’ururlanmasdan bo’ladimi?
Mana, yaqinda Polshada o’tkazilgan jahon chempionatida yana bir mohir sportchimiz – Ruslan Nurudinov sportning eng murakkab turi bo’lgan og’ir atletika bo’yicha keskin bellashuvlarda g’oliblikni qo’lga kiritdi. Xabaringiz bor, bu pahlavon yigit “O’zbekiston iftixori” degan yuksak unvon bilan taqdirlandi.
Vatanimizning shonu shuhratini butun dunyoga tarannum etayotgan, saflari tobora kengayib borayotgan bunday farzandlarimizni har qancha qo’llab-quvvatlasak, har qancha e’zozlasak, arziydi, albatta. degan so’zlaridan juda ham ta’sirlanib, g’urur va iftixor tuyg’usi jo’sh urib ketdi. Shunisi quvonarlikki, har tomonlama sog’lom avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarimizni izchil davom ettirish va yuksak bosqichga ko’tarish maqsadida “Sog’lom ona va sog’lom bola” yili, “Sog’lom avlod yili”, “Barkamol avlod yili”ning davomchisi bo’lgan yangi – 2014 yilni mamlakatimizda “Sog’lom bola yili” deb e’lon qilish taklifi barchani, ayniqsa biz yoshlarni yanada quvontirdi. Shuningdek, xalqimizning boy tarixiy merosiga vorislik, istiqlol yillarida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlariga daxldorlik tuyg’usini, Vatanimizning mustaqilligini mustahkamlash, uning shon-shuhrati, nufuzi va obro’sini dunyo miqyosida yuksaltirish, xalqimizning kelajagi buyuk davlat qurishdek ezgu maqsadini ro’yobga chiqarish hamda har tomonlama sog’lom va barkamol qilib tarbiyalash yo’lidagi ishlarimizning debochasi deb qarash mumkin. Bugun kamol topayotgan ertamiz umidlari bo’lgan yosh avlodning yurtimizda erkin va farovon hayot barpo etishga faol va munosib hissa qo’shish har birimizning Vatan oldidagi farzandlilik burchimiz ekanligini chuqur his etishga undaydi.
Prezidentimizning otalarcha g’amxo’rligi tufayli mamlakatimizda yoshlarga etibor yuksak darajada. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21 yilligi arafasida “Kamolot” YoIH MK qarori mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol ishtirok etib, namuna ko’rsatayotgan 27 nafar “O’zbekiston belgisi” ko’krak nishonini qo’lga kiritganlar ichida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Farg’ona viloyat Kengashai raisi o’rinbosari Polvonov Sherzodjon Fazlitdinovichning ham borligi barchamizni yanada o’z maqsadimiz yo’lida tinmay harakat qilishga izlanishga va tashabbus ko’rsatishga imkon beradi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев