Unga ko'ra, O'zbekiston ayollar terma jamoasi avvalgi oyda egallab turgan o'rnidan bir pog'ona yuqorilagan holda reytingning 42-pog'onasida qayd etildi.
O'zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo qit'asi miqyosida 9-o'rinni egallab turibdi. Qit'a reytingini ayni damda dunyo reytingida 5-o'rinda borayotgan Avstraliya ayollar terma jamoasi egallab turibdi. Yaponiya (7) hamda KXDR (9) terma jamoalari ham dunyo reytingining kuchli o'nligidan o'rin egallashgan.
Ayollar terma jamoalari orasida dunyo reytingini ayni damda amaldagi jahon chempioni – AQSh ayollar terma jamoasi boshqarib turibdi. Dunyo reytingining kuchli uchligidan shuningdek, Germaniya hamda Frantsiya terma jamoalari o'rin egallashgan.
Reytingning to'liq ko'rinishi bilan FIFA rasmiy saytida tanishish mumkin.
— deya xabar beradi uff.uz nashri.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев