Notanish raqam-u, lek tanish ovoz.
Qo'ng'iroq qiladi, yashayman sezib.
Bir kuni nixoya topganda parvozi.
Qo'ng'iroq qiladi birkuni kelib.
Balki yolg'on balkim rost yig'lab.
Hatto unutadi bir kuni kelib.
Tashlab ketganini menga baxt tilab.
Qo'ng'iroq qiladi, bir kuni kelib.
G'ururi singanda sog'inch taftidan.
Burniga suv kiradi bir kun.
Shapaloq yeganda alam kaftidan.
Qo'ng'iroq qiladi bir kuni kelib.
Uyalmay qilgan xiyonatidan.
Gapiradi telbadek bo'lib.
Asar ham qolmaydi farosatidan.
Qo'ng'iroq qiladi birkuni kelib.
Yolg'iz qolganida meni o'ylaydi.
Hammasi tugab, bo'lganida kech.
Turmush o'rtog'imdan meni so'raydi.
Qo'ng'iroq qiladi yashayman sezib.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев