Senning bilan go'zaldur dunyo
Jo'shqin oqqan qalbin bir daryo
sensiz bahor bahormas go'yo
sevdim desa suyunma ayol.
Bulbul bo'lib gul deb atarlar
So'ng dilini ho'p qahshatarlar
Gul qadringa toshlar otarlar
Jonim ayol.
Sevdim desa suyunma sen ayol-ayol.
Tashlab ketsa kuyunma sen ayol-ayol.
Alam qilsa ko'p qonlar yutma
Bevafodan yahshilik kutma
Yolg'on vada ko'pdur unutma
Soxta so'zga suyunma ayol.
Bu hayotda ishlar alomat
Ko'ravergin bo'lib salomat.
Sabir ila topgin saodat
Jonim ayol.
Gulim desa suyunma sen ayol-ayol.
Tashlab ketsa kuyunma sen ayol-ayol.
Yosh joninga ham jafolar ko'p
Darding kuylar ham navolar ko'p.
Bu dunyoda bevafolar ko'p
Jonim ayol.
sevdim desa suyunma ayol.
Tashlab ketsa kuyunma sen ayol-ayol.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев