uyg'onmayaptilar?" Jajji
bolakayning savoli shundog'am siqilib turgan
dadasining yuragini ezdi. Ög'lini tizzasiga
ötqazdida, peshonasidan öpdi. "Oying ög'lim, rosa
charchagan. Endi bir-necha kun uxlab, yaxshilab
dam olishi kerak" Bolakay indamadi. 5 yoshli
bolakay onasining og'ir kasalligini ancha oldin
fahmlagandi. Shifoxonaga dadasi körishga olib
borganida, oyisi uni quchib rosa yig'lagandi.
Dadasi oying tuzalib ketadi, keyin shifoxonadan
javob berishadi degandi. Oyisi uyga qaytganida
bola oyim tuzalibdilar deya rosa sevingandi. Öy-
hayollari özidek sof murg'ak bola oyisiga boshqa
sababdan javob berib yuborishganlarini bilmasdi.
Har kungidek örniga yotarkan bolakay osmonga
qarab qölini chözdi: "Oyimni tuzalishiga yordam
ber, Xudojon" Bir necha kun ötgach tunda
uyg'onib ketdi. Pildirab koridorga chiqdi. Dadasi
balkonda sigaret chekib, kim b-ndir telda
gaplashardi. Bolakay dadasining hamma gaplariga
ham tushunmadi-yu shu gaplar orasidan
operatsiya, katta pul degan jumlalarni ilg'ay oldi.
Bir kinoda körgandi. Operatsiyada doktorlar
kasalni ukol qiladi, keyin u tuzalib ketadi. "Oyimni
ham ukol qilishsa sog'ayib ketadilar" öyladi
bolakay. Örniga qaytib yotarkan osmonga qarab
yana qölini chözdi: "Oyimni tuzalishiga katta pul
ber, Xudojon" Bolakayning onasining ahvoli
kundan-kun yomonlashib borardi. U esa buni
bilmasdi. U faqat dadasining ösha kungi gaplarini
öylardi: operatsiya...katta pul... Oxirgi kunlar
bolani oyisining yoniga kiritmay qöyishdi. U uyiga
kelib-ketayotgan köplab qarindoshlarni jimgina
kuzatib ötirardi. Dadasi esa bolakayga pul tutardi:
Ushla ög'lim, borib muzqaymoq olib ye... Bolakay
onasining yaqinlari b-n vidolashyotganini
tushunmasdi. Nihoyat uni chaqirishdi. Oyisining
yoniga olib kirishdi. Közlari shishib ketgan, oppoq
choyshab yopingan köyi chözilib yotgan oyisining
yoniga keldi. -Kel shirinim,- oyisining hasta ovozi
eshitildi,- aqlli bola bölyapsanmi bog'chada? -Ha,
oyijon. -Yaxshi özimni toychog'im... -Oyi, endi
tuzalib ketasizmi? -Hm...,-oyisi yig'lab yubordi. -
Menga yana ertak aytib berasizmi? -Hm... -Sizni
yaxshi köraman... Eh, bolakay... Oyisi b-n shunday
sönggi marta gaplashib turganligini qayerdan ham
bilardi u. Bog'chadan kelganida uyidagi
odamlarning köpligidan hayron qoldi. Hamma
bolakayni körib köziga yosh olardi. "Ada oyim
uyg'ondilarmi?", dadasining yoniga kelib söradi u.
Dadasi chökkalab ötirib ög'lining közlariga boqdi:
"Oying endi uyg'onmaydi bolam,- keyin ög'lini
quchdi,- oying bizni tashlab ketdi. Ög'il yaxshi
tushunmadi, kissasini shoshib kovladi-yu bir siqim
buklanib ketgan pullarni chiqardi: "Ada,
doktorlarga ayting, oyimni ukol qilishsin, oyim
tuzalib ketsa böldi, men bitta ham muzqaymoq
yemayman, faqat ayting ada, oyimni tuzatib
berishsin...." Ög'ilning peshonasidan öparkan
dadasining köz yoshlari uning yuziga tomchiladi...
Onasini kömishdi. Tun chökkach örniga yotarkan
bolakay osmonga qölini chözdi: Iltimos, oyimni
menga qaytarib ber, Xudojon...
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев