Faqat bir iltimos:ko'rkam chamanda,
Ochib gul g'unchalar etganda handa,
Saharlab, qilmayin odatni kanda,
Kirib gulzor aro sayr aylaganda,
Tilab gullar visolin misli Farhod
, Chaman bulbullari qilganda faryod,
Juvonmarg g'unchani ham esla,yod et,
Unutma,doimo ruhini shod et...
Kuy! G'azal!... Oh!...
Qaytadan tirnar yaramni,
Tag'in eslatadi u mash'um haramni...
,,Faqat bir iltimos: ko'rkam chamanda,
Ochib gul g'unchalar etganda handa,
Juvonmarg g'unchani ham esla,yod et!
Unutma doimo ruhini shod et! ''
Unutmayman seni tokim,tirikman,
Seni jon o'rnida saqlar tirik tan.
Hamon qalbimga sen ilhom solursen,
Mening sherim bilan mangu qolursen.
Senga besh bebaho haykal qururman.
Gohi Shirin, gohi Layli bo'lib sen,
Yasharsen doimo dostonlarimda...
Xazonsiz gul bo'lib bo'stonlarimda.
Men ersam, g'am bilan yig'lab ketarman,
Sening ishqing bilan tanho o'tarman...
Navoiy
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев