Bo'ldi qil yig'lama sen aza tutma
Kerak bo'lmagansan unga shuni bil
O'zingni bunchalar qiynama kо'ngil.
Tun botib tong otsa eslama uni
Qulog'inga halqa qil osib qо'y buni.
U seni sevmaydi endi bo'ldi qil,
О'zingni bunchalar qiynama kо'ngil.
Sen uni izlama bu bari sarob
Yig'laysan kun o'tib bo'lasan xarob
Nima darding bo'lsa falakka aytgin
О'zingni bunchalar qiynama kо'ngil.
Falak tinglaguvchi ohu-zoringni,
Jimgina eshitar dilda boringni.
Tortinma aytaver so'ng quloq tutgin
О'zingni bunchalar qiynama ko'ngil.
Sen bu erda xorsan yig'laysan tinmay
Yoshlaring artasan sekin bildirmay.
U seni unutdi, unutdi butkul
О'zingni bunchalar qiynama ko'ngil...
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев