Göshakni tutaman sog'inib.
Devona dilimda zir titroq.
Raqaming teraman ming bor
lek...
Qörqaman qilgani qöng'iroq.
Göshakni örniga qöyaman.
Örniga tushmaydi dil biroq.
Men hamon bir seni suyaman...
Qilolmayman ammo qöng'iroq.
Qiloldim jamlab bor shahdimni,
Qörquvni yengdilar sog'inchim.
Ovozing eshitmoq baxtini.
Mosuvo etmagin ötinchim.
Göshakdan tanish kuy taralar.
"Endi men naylayin, naylayin"
Tirnaldi bitmagan yaralar.
Özimni nima deb aldayin.
Shu oniy lahzada hayolim.
Uchdilar eng yaqin ötmishga.
Otabek edingku misoli.
Sevgim dars berardi Kumushga.
- Eshitaman. Kimsiz?
Qoldim jim.
Gung kabi aytmadim biror söz.
Baxtiyor ekaning angladim.
Chug'urlar yoningda mitti qiz.
Sukunat.
Jimjitlik tog'dan zil.
Xayajon qamraydi jismimni.
"Dadangni xoliga qöy Oygul"
Qizinga qöydingmi ismimni???
Demak sen ham unutolmabsan.
Ishqdan özing ketsangda tonib.
Köz yoshlarga shafqat
qilmasdan.
Ag'yor mish-mishmishga
ishonib.
Aloqa uzildi behosdan.
Göshakni quchgancha yig'ladim.
Adashgan baxtimning qizchasi.
Oygulning baxtini tiladim.
Sog'indim eng yaqin begonam.
Sog'indim bölsada bu gunoh.
Sog'inchim dilimni ezsa ham.
Qilmayman endi hech
qöng'iroq...!!!
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев