-Dadajooon.... Kichkina qizaloqning aslida oddiygina bo’lib tuyulgan so'zi ko'zimda yosh qalqishiga, ushbu satrlarni bitishimga sababchi bo'ldi. Dadam 5 yoshligimda bu dunyoni tark etgan, ularni es-es eslasam-da, judayam yaxshi ko'rganim yodimda. Ular meni erkalab:"puchuq qizim”, - derdilar doim. Ular ishdan kelishlariga kiyinib olardim. judayam injiq edim, kelganlarida menga nimadur opkelardilar, shokolad yo boshqa narsa, bir kunam sovg'asiz kelmasdilar. Ovqatlanayotganlaridayam tizzalariga o'tirvolardim, oyim esa – Qizim, tur, dadang ovqatlanvosin derdi, men xafa bo'lib lablarimni burib, dadamga qarardim, dadam - Meni puchuq qizimni xafa qilma, men bilan birga yeydi buyam ovqatini, - derdilar doim. Oyimdan ko'ra ko'proq dadamga bog'lanib qolgandim, bog'chagayam doim dadam oborardilar.Bir kun uyg'onsam dadam ishga ketib qolibdilar, meni bog'chaga oyim oboradigan bo'ldilar. Rosa yig'laganman o’shanda. Dadamni judayam yaxshi ko'rardim. Bir kun dadamni ishi tugaydigan vaqtidan o'tib ketdi, kiyinib ularni rosa kutdim, lekin kemadilar, oyimam uyda yo'q edilar, opam va akalarim bilan birga edim. 1 soatcha kutdim ularni, keyin qo'ng'iroq bo'ldi. Go'shakni akam ko'tardilar va: - Nima..., - dedilar-u yig'lavordilar, opam ham ular bilan gaplashib, yig'lay boshladi, men tushunmasdim nima bo'layotganini. Opamning yoniga borib: - nima bo'ldi, nega yig'layapsiz? – deb so’radim. Ular meni quchoqlavolib battar yig'lardilar. Keyin bilsam adam ishxonalarida hushidan ketib, kasalxonaga oborishgan ekan. Dadamda miya o'simtasi bor ekan, nega ular tez-tez kasalxonaga qatnashlarini endi tushunib yetgan edim. Miyada o'simta ancha o'sgan ekan, nega davolanmagan bilmadim, nega oldini olmagan ekan tushunmadim. Kasalxonada dadam olamdan o'tdilar. Men hech ko'nikolmasdim, hecham tasavvur qilolmasdim kichkinagina jussam bunday og'ir judolikni anglolmasdi. Dadam endi yo'qlar, katta bo'gan sari ularning o'rni bilinardi, har doim ularni suratlarini quchoqlab uxlardim, hoziram shu - ularning suratlari doim yonimda. Yoshim yigirmada, 15 yil bo'ldi jondan aziz insonim - adajonim yo'qlar, ularni yo'qligiga hamon ko'nikolmayman, gohida xonamga kirib, suratlarini quchib, to'yib-to'yib yig'layman. Ularni judayam sog'indim. Dadajonim sizni judayam sog'indim! Xuddi yonimga qaytadigandeksiz. Afsus bu endi bir umrlik armonim... Siz bilan mahsharda diydor ko’rishamiz, oramizda bo’lmasangiz-da, farzandlaringiz timsolida va xotirasida abadiy yashaysiz, DADAJONIM!!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1