Yo'lim tuwdimi yo - hayol uchdimi?
Ham bog'dan ham baxtli chog'dan narida.
Sukunat quchdimi, alam quchdimi?
Kirib qoldim bitta bog'ning to'riga.
Qarasam, bir birin tan olmas gullar.
Atirgul loladan bo'lgandek xafa.
Bog'ni o'ramoqchi tuz bosgan cho'llar.
Bu holni ko'rganim - birinchi daf'a.
Qizg'aldoq, lolalar, atirgul, rayhon.
Bir birin yuziga boqmaydi hayhot.
Hayollar sargardon - boqardim hayron.
Menimcha bu bog'da tugagan hayot.
So'ng seni chaqirdim, gulim Dilnozam.
G'amginlik, mahzunlik ortda qolsinlar.
Kel bunynd etaylik go'zal gulbazm.
Ular ham baxt nima ko'ra bilsinlar.
Baxt asli ko'zlarning uchrashganida.
Ikkala ufqdan quyosh chiqishi.
Va o'sha... dudoqlar birlashganida.
Bu borliq hayotning esdan chiqishi.
Bir zumda gul bog'i yashil to'n kiydi.
Mehrli ko'zlaring tushdi - ehtimol.
G'unchalar teskari to'nin o'ng kiydi.
Hayot ham iziga tushdi ehtimol.
Bu qanday harorat - bu qanday sehr.
Gullarning quvonchdan kulishin ko'ring.
Ey ahli muhabbat, sohibi mehr.
Gul bog'larni tez-tez sayr etib turing.
N. Rashidov
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев