Qanchalar armon bo'lding qalbimga tikonmiding, Sevgan gulim senmasmi xazonlarga yor qilding. Chorlagaysan o'zingga vafo bormi so'zingga, Qaysi gunohim uchun azob berarsan menga. Yuragim dardga to'ldi ko'z yoshim daryo bo'ldi, Kechirmayman ket endi muhabbat senla o'ldi. Buncha qiynading hayot qilgin birgina savob, Unutgim kelar ammo yurak bermaydi javob. Sensiz yashagim kelar bag'rimni alam tilar, Bu bevafo go'zallar qachon ko'zlari to'yar. O'zimdan kechsammikan o'zgani sevsammikan, Yuragimni sug'urib o'zgaga tutsammikan. Ozorlarni ko'p bergan o'tmishimni tark etib, Ochilmagan g'unchaga pok mehrim bersammikan. Kechiksangda kelsayding yolg'iz meni desayding, G'uncha gulim kech kelsada vafoli yor bo'lsayding. Yetmadim yetolmadim qo'l cho'zib tutolmadim, Vafoli yor qo'lidan shirin choy icholmadim..!
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев