tushmaydi bu hayotda.Ammo ular oldida bo’yin
egish ojizlik.Samo yig’laydi ko’z
yoshlari,yomg’irlarini to’kib.Unga qo’shilib
inson ham yig’laydi.Kimdir qani edi yomg’ir
mendagi dardni yuvib ketsa deya yomg’irga zor
bo’ladi.Yana kimlardir yomg’irni chin dildan
sevadi ammo yog’ishini hohlamaydi.Chunki
yomg’ir yog’sa hayotida ro’y bergan o’sha
voqealarni eslaydi.Yarasi yangilanadi. Yomg’ir!
Mahzun yurakga davo.Yomg’ir yog’ganda
yomg’irning yerga urilishidan chiqqan ovozdan
boshqa ovozni eshita olmaysan.Eshitishni
hohlamaysan ham.Bunday paytda derazadan
oqayotgan yomg’ir tomchilariga qarab to’yib
yig’lab olishni hohlab qolasan.Yig’lamoqchi
bo’lasan ammo bo’g’zinga bir nima tiqilganday
bo’ladi.Ko’zingdan bir tomchi ham yosh
chiqmaydi.Shunda bilki ko’zingda yosh
yo’q.Barcha yosh yuraging tubida.Yuraging
yig’layapdi.Ko’z yoshing ku yig’laganingdan
so’ng to’xtaydi.Ammo yurak yig’isining tinishi
qiyin,juda qiyin. Hech yomg’ir ostida yurib
ko’rganmisan soyabonsiz.Bunday paytda
hayotda quvnoq odam ham mayus
tortadi.Nega?Demak yomg’irda qandaydir sehr
borki har qanday odamni ham bir zum hayot
haqida o’ylashga majbur qiladi.Har qanday
tosh yurakni ham yumshatadi.Quvnoq yurakni
esa mahzun yurakga aylantiradi bir on…


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев