O'zi meni yaxshi
ko'rasizmi degan savollaringni.
Sog'indim... Har kech o'tgan
samimiy suhbatni.
Sog’indim... Uzun salom berib
quvnoq kulishlaringni.
Sog'indim... Beg'uborligingni,
hech hafa qilmas so'zlaringni,
samo mukammal yaratgan
husningni ta'riflab bo'lmas, doim
ayb qidirganda ojiz qoladigan
xislatlaringni.
Sog'indim... Derazadan osmonga
termulib hayol surishingni,
yomg'irni kutishingni, yomg'irda
esa yo'qotgan narsasini topib
olgan odamdek quvonishingni.
Sog'indim... O'sha ilk uchrashgan
ko'chamizni, o'sha bog'ni,
birinchi o'rindiqdagi birga
o'tirishimizni, uzoq yo'ldan olib
kelingan muzqaymoqni shoshib
yeyishni.
Sog'indim... Yo'l uzoq bo'lsada,
yayov yurishni, qo'rqinchli
odamni ko'rsang yonimga
yashirinib olishingni.
Sog'indim... Bir avtobusni
ikkinchi, uchinchi marta
kelganini ham o'tkazib yuborib
bekatda suhbatlashib o'tirishni.
Sog'indim... Mashinani uzoqda
qoldirib, yoninggacha piyoda
borishni, yo'l-yo'lakay aytmoqchi
bo'lgan gaplarimni yodlab
olishni, seni ko'rgach hammasini
unutib qo'yishni.
Sog'indim... Alamli bo'lsada,
qo'ng'iroq qilib, yig'lab,
dardlaringni ishonib ayta
olishlaringni.
Sog'indim... Hamma hammasini
Sog'indim...
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев