(SENI HECH KIMGA BERGIM KELMAYDI)
Sensan mening yolg'iz sevgilim,
Qalb bog'imda ochilgan gulim.
Har on sendadir meni hayolim,
Seni hech kimga bergim kelmaydi.
Ko'zlarim suratinga qarab to'ymaydi,
Yuragim sendan o'zgani sevmaydi,
Ko'zlarim sendan o'zgani ko'rmaydi,
Seni hech kimga bergim kelmaydi.
kunlarim seni o'ylash bilan o'tar,
Shirin hayollar bilan kun xam botar,
Miltiragan yulduzlar ko'zing eslatar,
Seni hech kimga bergim kelmaydi.
Tim qora seni shahlo ko'zlaring,
Meni sehrlab olgan mayin ovozing,
Bu dunyoda sevganim bir o'zing,
Seni hech kimga bergim kelmaydi.
Betakror go'zaldir seni qalbing,
Bir sizni sevaman desaydi labing,
Quvonchga to'lardi yuragi Ilyos ning,
Seni hech kimga bergim kelmaydi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев