Bu dunyo faxsh ishlarga töldi,
Qiyomat yaqinmi deymanda.
Qalblarda iymon nuri söldi,
Qiyomat yaqinmi deymanda.
Yolg'onga töldiku bozorlar,
Bunchalar ham kupdir ozorlar.
Toshlarga töldiku mozorlar,
Qiyomat yaqinmi deymanda.
Ög'il qöl kötarsa otaga,
Qiz quloq solmaydi onaga.
Kim xor qildi, kim zor bolaga,
Qiyomat yaqinmi deymanda.
Musulmon deymiz tillarda,
Lekin iymon yöqdir dillarda.
Saxovat qolmagan qöllarda,
Qiyomat yaqinmi deymanda.
Qizlarning qolmadi xayosi,
Bunga sabab balki onasi.
Gapin ötkazolmas otasi,
Qiyomat yaqinmi deymanda.
Ayol ishlar özga yurtlarda,
Erlari ötirar uylarida.
Ular qanday erkak ekanda,
Qiyomat yaqinmi deymanda.
Amal qilmas ilmiga mullo,
Bu qanday savdo Astofurullo.
Bizni aldab quydi mol dunyo,
Qiyomat yaqinmi deymanda.
Xudodan qurqmaydi zinokor,
May ichib özin xor qilgan bisyor.
Ota ona farzand yöliga zor,
Qiyomat yaqinmi deymanda.
Ex hali bölmasin qiyomat,
Olloh bizga bergin imkoniyat.
Biz hali qilmadik ibodat,
Qiyomat bölmasin qiyomat.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев