baravar oshdi 2008—2012-yillar mobaynida transportlardan
havo qatlamiga chiqarilayotgan zararli
moddalarni kamaytirish maqsadida 200 mingga
yaqin avtotransport vositasi gaz yoqilg‘isidan
foydalanishga o‘tkazildi. Shu davr mobaynida
O‘zbekistonda 150 dan ortiq avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari tashkil qilindi,
deb xabar berdi “Intermobilgaz” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi, O‘zbekistonda xizmat
ko‘rsatgan quruvchi Murtazo Sultonov
“Turkiston press”ga bergan intervyusida. Foto: turkistonpress.uz Yangi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor
stansiyalari tashkil qilinishi natijasida metan
gazining ichki iste’moli ko‘rsatkichi qariyb to‘rt
baravar oshdi. Shuningdek, suyultirilgan gaz
ichki iste’moli ham uch baravar ortdi. Foto: turkistonpress.uz — Gaz to‘ldirish kompressorlari va
avtomobillarga gaz ballonlari uskunasi ishlab
chiqaruvchi dunyodagi yetakchi
kompaniyalardan biri — Italiya
Respublikasining M.T.M. BRC Gas Compressors
korxonasi mutaxassislari bilan birgalikda loyihalashtirilgan ushbu loyiha “O‘zbekiston
sanoat-qurilish banki”ning moliyaviy yordami
natijasida amalga oshirildi, — deydi Murtazo
Sultonov. — Yana bir e’tiborli jihat, bugungi
kunda bu yerda 50 nafarga yaqin kollej
bitiruvchilari ish bilan ta’minlandi. Ularning aksariyati Italiya Respublikasining Cherasko
shahridagi M.T.M. BRC Gas Compressors
korxonasining” “Loyihalash”, “Ishlab
chiqarish”, “Yig‘ish”, “Test va sinov”,
“Logistika”, “Tashqi iqtisodiy aloqalar va
moliya” departamentlarida o‘z malakalarini oshirib qaytdi
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1