bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi O‘zbekiston oshpazlar uyushmasida 9-may –
Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan
madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi O‘zA. O‘zbekiston oshpazlar uyushmasida 9-mayga bag‘ishlangan tadbirda. Foto: O‘zA Tadbirda urush va mehnat faxriylari mustaqillik,
barqarorlik va tinchlik xalqimizning bebaho
boyligi ekani, uning qadriga yetish zarurligi
haqida so‘z yuritdi. Milliy pazandalik rivoji
yo‘lida xizmat qilgan insonlar xotirasi yodga
olindi. Shu bilan birga, bugun pazandalik sirlarini yoshlarga o‘rgatishda fidoyilik
ko‘rsatayotgan soha mutaxassislari
rag‘batlantirildi. – Shukrki, mamlakatimiz tinch, xalqimiz hayot
darajasi kun sayin yuksalib bormoqda, – deydi
Toshkent shahri Olmazor tumani Guruchariq
mahallasida yashovchi Fayzullo Rasulov. –
Yurtimizga to‘yu tantanalar yarashadi. Shunday
dorilomon kunlarda zamondoshlarimizning baxtini ko‘rib quvonamiz. O‘zbekiston oshpazlar uyushmasida 9-mayga bag‘ishlangan tadbirda. Foto: O‘zA Tadbir doirasida yosh pazandalar o‘rtasida
musobaqa o‘tkazildi. V. Uspenskiy nomidagi
respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik
litseyi o‘quvchilarining badiiy chiqishlari
uchrashuvga yanada fayz bag‘ishladi.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев