2014”ning viloyat bosqichlari o‘tkazildi Buxoroda “Hamshira—2014” respublika ko‘rik-
tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda
tanlovning shahar va tuman bosqichlarida
g‘olib bo‘lgan 18 nafar hamshira bilim va
malakasini namoyish etdi, deb yozadi O‘zA. Gulbahor Sulaymonova — “Hamshira—2014” Buxoro viloyati bosqichi g‘olibi. Foto: O‘zA – Bunday tadbirlar aholining reproduktiv
salomatligini mustahkamlash, tibbiyot
xodimlarining kasb mahoratini oshirishga
xizmat qilmoqda, – deydi viloyat sog‘liqni
saqlash boshqarmasi bosh mutaxassisi
Ma’muraxon Safoyeva. – Tanlovning tuman va shahar bosqichlarida 30 yoshgacha bo‘lgan
qariyb 600 nafar hamshira ishtirok etdi. Viloyat bolalar ko‘ptarmoqli tibbiyot markazi
hamshirasi Gulbahor Sulaymonova birinchi
o‘rinni qo‘lga kiritib, tanlovning mamlakat
bosqichiga yo‘llanma oldi. Tanlov g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alari
bilan taqdirlandi. Shuningdek, “Hamshira—2014” ko‘rik-
tanlovining Namangan viloyati bosqichi ham
bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi O‘zA. “Hamshira—2014” Namangan viloyati bosqichida. Foto: O‘zA Tanlovda hududiy bosqichlarda g‘oliblikni
qo‘lga kiritgan 13 nafar hamshira bahslashdi. Uychi tuman tibbiyot birlashmasining terapiya
bo‘limi hamshirasi Umida Obidova birinchi
o‘rinni qo‘lga kiritib, tanlovning respublika
bosqichiga yo‘llanma oldi. Namangan viloyat
ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasining
gastroenterologiya bo‘limi hamshirasi Asila To‘xtaboyeva ikkinchi, Respublika shoshilinch
tez tibbiy yordam ilmiy markazining Namangan
viloyat filiali jarrohlik bo‘limi hamshirasi
Shahnoza Ilhomjonova va Namangan
shaharidagi 10-oilaviy poliklinikaning
zararsizlantirish bo‘limi hamshirasi Dilfuza Bobojonova uchinchi o‘rinni egalladi.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев