Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Bomdod namozidan to quyosh chiqqunga qadar Allohni zikr qilib oʻtiruvchilar bilan oʻtirish men uchun Ismoil farzandlaridan toʻrttasini ozod etishdan (ham) suyukliroq. Asr namozidan keyin to quyosh botgunga dovur Allohni zikr qiladigan qavm bilan oʻtirish men uchun yana toʻrttasini ozod etishdan (ham) suyukliroq». (Abu Dovud rivoyati. Alboniy hasan degan).
ﺍَﻟْﺤَﻤْﺪُ ﻟﻠﻪِ ﻭَﺣْﺪَﻩُ، ﻭَﺍﻟﺼَّﻼَﺓُ ﻭَﺍﻟﺴَّﻼَﻡُ ﻋَﻠَﻰ ﻣَﻦْ ﻻَ ﻧَﺒِﻲَّ ﺑَﻌْﺪَﻩُ .
1 – Hamd yolgʻiz Allohnikidir. Undan soʻng nabiy yoʻq boʻlgan zotga salavotu-salomlar!
2 – Oyat-al-Kursini oʻqiydi. (Tarjimasi yuqorida oʻtdi.) Kim uni tong otganda oʻqisa, to kun botgunga qadar jinlardan himoyalangan boʻladi. Kim uni kech kirganda oʻqisa, to tong otgunga qadar jinlardan himoyalangan boʻladi. (Hokim rivoyat qilgan. Alboniy sahih degan va buni Nasoiy hamda Tabaroniyga nisbatini bergan).
3 – «Ixlos», «Falaq» va «An-nos» suralarini oʻqiydi. (Tarjimasi yuqorida oʻtdi.) [2]
Kim bu suralarni tong otganda va kun botganda uch martadan oʻqisa, Alloh uni hamma narsadan kifoyalantiradi-saqlaydi. (Abu Dovud va Termiziy rivoyati).
( ﺃَﺻْﺒَﺤْﻨَﺎ ﻭَﺃَﺻْﺒَﺢَ ﺍﻟْﻤُﻠْﻚُ ﻟِﻠَّﻪِ، ﻭَﺍﻟْﺤَﻤْﺪُ ﻟِﻠَّﻪِ، ﻻَ ﺇِﻟَﻪَ ﺇِﻻَّ ﺍﻟﻠَّﻪُ ﻭَﺣْﺪَﻩُ ﻻ ﺷَﺮِﻳﻚَ ﻟَﻪُ، ﻟَﻪُ ﺍﻟْﻤُﻠْﻚُ، ﻭَﻟَﻪُ ﺍﻟْﺤَﻤْﺪُ، ﻭَﻫُﻮَ ﻋَﻠَﻰ ﻛُﻞِّ ﺷَﻲْﺀٍ ﻗَﺪِﻳﺮٌ، ﺭَﺏِّ ﺃَﺳْﺄَﻟُﻚَ ﺧَﻴْﺮَ ﻣَﺎ ﻓِﻲ ﻫَﺬَﺍ ﺍﻟْﻴَﻮْﻡِ، ﻭَﺧَﻴْﺮَ ﻣَﺎ ﺑَﻌْﺪَﻩُ، ﻭَﺃَﻋُﻮْﺫُ ﺑِﻚَ ﻣِﻦْ ﺷَﺮِّ ﻫَﺬَﺍ ﺍﻟْﻴَﻮْﻡِ، ﻭﺷَﺮِّ ﻣَﺎ ﺑَﻌْﺪَﻩُ، ﺭَﺏِّ ﺃَﻋُﻮْﺫُ ﺑِﻚَ ﻣِﻦَ ﺍﻟْﻜَﺴَﻞِ ﻭﺳُﻮﺀِ ﺍﻟﻜِﺒَﺮِ، ﺭَﺏِّ ﺃَﻋُﻮْﺫُ ﺑِﻚَ ﻣِﻦْ ﻋَﺬَﺍﺏٍ ﻓِﻲ ﺍﻟﻨَّﺎﺭِ ﻭَﻋَﺬَﺍﺏٍ ﻓِﻲ ﺍﻟْﻘَﺒْﺮِ ) .
4 – Tong ottirdik va Allohning butun mulki (ham) tong ottirdi. Hamd Allohnikidir. Allohdan oʻzga (barhaq) ma'bud yoʻq. U yolgʻiz, sheriksiz zotdir. Mulk ham, hamd ham Unikidir va U barcha narsaga qodir. Ey Alloh! Men Sendan bu kundagi va undan keyindagi yaxshilikni soʻrayman. Bu kundagi va undan keyindagi yomonlikdan panoh berishingni soʻrayman. Parvardigoro, men Sendan yalqovlikdan va yomon qarishdan panoh berishingni soʻrab iltijo qilaman. Parvardigoro! Menga doʻzax hamda qabr azobidan panoh ber! (Muslim rivoyati).
( ﺃَﻣْﺴَﻴْﻨَﺎ ﻭَﺃَﻣْﺴَﻰ ﺍﻟْﻤُﻠْﻚُ ﻟِﻠَّﻪِ، ﻭَﺍﻟْﺤَﻤْﺪُ ﻟِﻠَّﻪِ، ﻻَ ﺇِﻟَﻪَ ﺇِﻻَّ ﺍﻟﻠَّﻪُ ﻭَﺣْﺪَﻩُ ﻻ ﺷَﺮِﻳﻚَ ﻟَﻪُ، ﻟَﻪُ ﺍﻟْﻤُﻠْﻚُ ﻭَﻟَﻪُ ﺍﻟْﺤَﻤْﺪُ ﻭَﻫُﻮَ ﻋَﻠَﻰ ﻛُﻞِّ ﺷَﻲْﺀٍ ﻗَﺪِﻳﺮٌ، ﺭَﺏِّ ﺃَﺳْﺄَﻟُﻚَ ﺧَﻴْﺮَ ﻣَﺎ ﻓِﻲ ﻫَﺬِﻩِ ﺍﻟﻠَّﻴْﻠَﺔِ، ﻭَﺧَﻴْﺮَ ﻣَﺎ ﺑَﻌْﺪَﻫَﺎ، ﻭَﺃَﻋُﻮْﺫُ ﺑِﻚَ ﻣِﻦْ ﺷَﺮِّ ﻫَﺬِﻩِ ﺍﻟﻠَّﻴْﻠَﺔِ، ﻭﺷَﺮِّ ﻣَﺎ ﺑَﻌْﺪَﻫَﺎ، ﺭَﺏِّ ﺃَﻋُﻮْﺫُ ﺑِﻚَ ﻣِﻦَ ﺍﻟْﻜَﺴَﻞِ ﻭﺳُﻮﺀِ ﺍﻟﻜِﺒَﺮِ، ﺭَﺏِّ ﺃَﻋُﻮْﺫُ ﺑِﻚَ ﻣِﻦْ ﻋَﺬَﺍﺏٍ ﻓِﻲ ﺍﻟﻨَّﺎﺭِ ﻭَﻋَﺬَﺍﺏٍ ﻓِﻲ ﺍﻟْﻘَﺒْﺮِ ) .
4 – Kechga yetdik va Allohning butun mulki (ham) kechkirtirdi. Hamd Allohnikidir. Allohdan oʻzga (haq) iloh yoʻq. U yolgʻiz, sheriksiz zotdir. Mulk ham, hamd ham Unikidir va U barcha narsaga qodir. Ey Alloh! Men Sendan bu tundagi va undan keyindagi yaxshilikni soʻrayman. Bu tundagi va undan keyindagi yomonlikdan panoh berishingni soʻrayman. Parvardigoro, men Sendan yalqovlikdan va yomon qarishdan panoh berishingni soʻrab iltijo qilaman. Parvardigoro! Menga doʻzax hamda qabr azobidan panoh ber! (Muslim rivoyati).
( ﺍﻟﻠَّﻬُﻢَّ ﺑِﻚَ ﺃَﺻْﺒَﺤْﻨَﺎ، ﻭَﺑِﻚَ ﺃَﻣْﺴَﻴْﻨَﺎ، ﻭَﺑِﻚَ ﻧَﺤْﻴَﺎ، ﻭَﺑِﻚَ ﻧَﻤُﻮﺕُ، ﻭَﺇِﻟَﻴْﻚَ ﺍﻟﻨُّﺸُﻮْﺭُ ) .
5 – Ey Alloh! Sen (ing hifzu-himoyangda, ne'matlaringga choʻmib, zikring ila mashgʻul boʻlib) tong ottirdik, Sen (ing hifzu-himoyangda, ne'matlaringga choʻmib, zikring ila mashgʻul boʻlib) kechkirtirdik. Mana shu holda yashaymiz va mana shu holda hayotdan koʻz yumamiz. Qayta tirilish Sengadir. (Termiziy rivoyati).
( ﺍﻟﻠَّﻬُﻢَّ ﺑِﻚَ ﺃَﻣْﺴَﻴْﻨَﺎ، ﻭَﺑِﻚَ ﺃَﺻْﺒَﺤْﻨَﺎ، ﻭَﺑِﻚَ ﻧَﺤْﻴَﺎ، ﻭَﺑِﻚَ ﻧَﻤُﻮﺕُ، ﻭَﺇِﻟَﻴْﻚَ ﺍﻟْﻤَﺼِﻴْﺮُ ) .
5 – Ey Alloh! Sen (ing ne'mating) bilan tunga yetdik, Sen (ing marhamating) bilan tongga yetdik. Sen tiriltirasan va Sen vafot toptirasan. Qaytish Sengadir. (Termiziy rivoyati).
( ﺍﻟﻠَّﻬُﻢَّ ﺃَﻧْﺖَ ﺭَﺑِّﻲ، ﻻَ ﺇِﻟَﻪَ ﺇِﻻَّ ﺃَﻧْﺖَ، ﺧَﻠَﻘْﺘَﻨِﻲ ﻭَﺃَﻧَﺎ ﻋَﺒْﺪُﻙَ، ﻭَﺃَﻧَﺎ ﻋَﻠَﻰ ﻋَﻬْﺪِﻙَ ﻭَﻭَﻋْﺪِﻙَ ﻣَﺎ ﺍﺳْﺘَﻄَﻌْﺖُ، ﺃَﻋُﻮْﺫُ ﺑِﻚَ ﻣِﻦْ ﺷَﺮِّ ﻣَﺎ ﺻَﻨَﻌْﺖُ، ﺃَﺑُﻮﺀُ ﻟَﻚَ ﺑِﻨِﻌْﻤَﺘِﻚَ ﻋَﻠَﻲَّ، ﻭَﺃَﺑُﻮﺀُ ﺑِﺬَﻧْﺒِﻲ، ﻓَﺎﻏْﻔِﺮْ ﻟِﻲ، ﻓَﺈِﻧَّﻪُ ﻻَﻳَﻐْﻔِﺮُ ﺍﻟﺬُّﻧُﻮﺏَ ﺇِﻻَّ ﺃَﻧْﺖَ ) .
6 – Ey Alloh! Sen Robbimsan va Sendan oʻzga (haq) iloh yoʻq. Men Sening qulingman. Men qurbim yetganicha Sening (almiysoqda olgan) ahd-paymoning va (Paygʻambaring tilida bergan; shirk keltirmagan bandangni jannatga kiritish ) va'dang (ga erishish)da (qoʻlimdan kelganicha tirishib) turibman. Oʻzim qilgan narsalar yomonligidan Sendan panoh bershingni tilayman. Sening menga bergan ne'matlaringni ham, qilgan gunohlarimni ham e'tirof etaman. Meni magʻfirat et. Albatta, faqat Sengina gunohlarni kechiruvchisan.
Kech kirganda ushbu duoni chin dildan ishonib aytgan kishi, shu kechasida vafot etsa, jannatga kiradi. Kunduzi ham shunday. (Buxoriy rivoyati).
( ﺍﻟﻠَّﻬُﻢَّ ﺇِﻧِّﻲ ﺃَﺻْﺒَﺤْﺖُ ( ﻭَﺇِﺫَﺍ ﺃَﻣْﺴَﻰ ﻗَﺎﻝَ : ﺍﻟﻠَّﻬُﻢَّ ﺇِﻧِّﻲ ﺃَﻣْﺴَﻴْﺖُ ) ﺃُﺷْﻬِﺪُﻙَ، ﻭَﺃُﺷْﻬِﺪُ ﺣَﻤَﻠَﺔَ ﻋَﺮْﺷِﻚَ، ﻭَﻣَﻼﺋِﻜَﺘَﻚَ، ﻭَﺟَﻤِﻴﻊَ ﺧَﻠْﻘِﻚَ، ﺃَﻧَّﻚَ ﺃَﻧْﺖَ ﺍﻟﻠَّﻪُ ﻻَ ﺇِﻟَﻪَ ﺇِﻻَّ ﺃَﻧْﺖَ ﻭَﺣْﺪَﻙَ ﻻَﺷَﺮِﻳﻚَ ﻟَﻚَ، ﻭﺃَﻥَّ ﻣُﺤَﻤَّﺪﺍً ﻋَﺒْﺪُﻙَ ﻭَﺭَﺳُﻮﻟُﻚَ ) ﺃَﺭْﺑَﻊَ ﻣَﺮَّﺍﺕٍ .
7 – Ey Alloh! Tongga yetdim. (Agar kech kirsa: Kechga yetdim). Men Seni, arshingni koʻtarib turuvchilarni, maloikalaringni va butun maxluqotingni guvoh qilib aytaman-ki: Sen Allohdirsan va Sendan oʻzga hech bir barhaq iloh yoʻq. Sen yolgʻizsan va Sening hech qanday sheriging yoʻq! Muhammad sollallohu alayhi vasallam Sening bandang hamda Rasulingdir. (Toʻrt marta aytiladi).
(Kim bu duoni tongda va kechda toʻrt marta aytadigan boʻlsa, Alloh uni doʻzaxdan ozod qiladi). (Buxoriy, Abu Dovud, Nasoiy va Ibn Sunniy rivoyati).
( ﺍﻟﻠَّﻬُﻢَّ ﻣَﺎ ﺃَﺻْﺒَﺢَ ( ﻭَﺇِﺫَﺍ ﺃَﻣْﺴَﻰ ﻗَﺎﻝَ : ﺍﻟﻠَّﻬُﻢَّ ﻣَﺎ ﺃَﻣْﺴَﻰ ) ﺑِﻲ ﻣِﻦْ ﻧِﻌْﻤَﺔٍ، ﺃَﻭْ ﺑِﺄَﺣَﺪٍ ﻣِﻦْ ﺧَﻠْﻘِﻚَ، ﻓَﻤِﻨْﻚَ ﻭَﺣْﺪَﻙَ ﻻَﺷَﺮِﻳﻚَ ﻟَﻚَ، ﻓَﻠَﻚَ ﺍﻟْﺤَﻤْﺪُ ﻭَﻟَﻚَ ﺍﻟﺸُّﻜْﺮُ ) .
8 – Ey Alloh! Menga yoki bandalaringdan qay biriga (ertalab) yetgan ne'mat faqat Sen tarafdandir. (Agar kech kirsa: (kechda) yetgan, deyiladi). Sening hech qanday sheriging yoʻq. Va hamd ham, shukronalar ham Seningdir. (Abu Dovud va Nasoiy rivoyati).
( ﺍﻟﻠَّﻬُﻢَّ ﻋَﺎﻓِﻨِﻲ ﻓِﻲ ﺑَﺪَﻧِﻲ، ﺍﻟﻠَّﻬُﻢَّ ﻋَﺎﻓِﻨِﻲ ﻓِﻲ ﺳَﻤْﻌِﻲ، ﺍﻟﻠَّﻬُﻢَّ ﻋَﺎﻓِﻨِﻲ ﻓِﻲ ﺑَﺼَﺮِﻱ، ﻻَ ﺇِﻟَﻪَ ﺇِﻻَّ ﺃَﻧْﺖَ، ﺍﻟﻠَّﻬُﻢَّ ﺇِﻧِّﻲ ﺃَﻋُﻮْﺫُ ﺑِﻚَ ﻣِﻦَ ﺍﻟْﻜُﻔْﺮِ، ﻭَﺍﻟْﻔَﻘْﺮِ، ﻭﺃَﻋُﻮْﺫُ ﺑِﻚَ ﻣِﻦْ ﻋَﺬَﺍﺏِ ﺍﻟﻘَﺒْﺮِ، ﻻَ ﺇِﻟَﻪَ ﺇِﻻَّ ﺃَﻧْﺖَ ) ﺛَﻼَﺙَ ﻣَﺮَّﺍﺕٍ .
9 – Ey Alloh! Mening badanimni, qulogʻimni va koʻzimni sogʻlom qil – ofiyat ber! Sendan oʻzga hech qanday iloh yoʻq! Ey Allohim! Men Sendan kufr va faqirlikdan panoh berishingni soʻrayman. Qabr azobidan panoh tilayman. Sendan oʻzga (haq) iloh yoʻq. (Uch marta aytiladi). (Buxoriy, Abu Dovud va Nasoiy rivoyati).
( ﺣَﺴْﺒِﻲَ ﺍﻟﻠَّﻪُ، ﻻَ ﺇِﻟَﻪَ ﺇِﻻَّ ﻫُﻮَ، ﻋَﻠَﻴْﻪِ ﺗَﻮَﻛَّﻠْﺖُ، ﻭَﻫُﻮَ ﺭَﺏُّ ﺍﻟْﻌَﺮْﺵِ ﺍﻟْﻌَﻈِﻴﻢِ ) ﺳَﺒْﻊَ ﻣَﺮَّﺍﺕٍ .
10 – Alloh menga kifoya qiluvchidir. Undan oʻzga (haq) iloh yoʻq. Unga tavakkal qildim va U ulkan arshning Parvardigoridir. (Etti marta aytiladi).
(Tong va tunda uni yetti marta aytadigan kishining dunyo va oxiratga tegishli boʻlgan muhim ishlariga Alloh oʻzi kifoya qiladi). (Ibn Sunniy rivoyati).
( ﺍﻟﻠَّﻬُﻢَّ ﺇِﻧِّﻲ ﺃَﺳْﺄَﻟُﻚَ ﺍﻟْﻌَﻔْﻮَ ﻭَﺍﻟْﻌَﺎﻓِﻴَﺔَ ﻓِﻲ ﺍﻟﺪُّﻧْﻴَﺎ ﻭَﺍﻵﺧِﺮَﺓِ، ﺍﻟﻠَّﻬُﻢَّ ﺇِﻧِّﻲ ﺃَﺳْﺄَﻟُﻚَ ﺍﻟْﻌَﻔْﻮَ ﻭَﺍﻟْﻌَﺎﻓِﻴَﺔَ ﻓِﻲ ﺩِﻳﻨِﻲ، ﻭَﺩُﻧْﻴَﺎﻱَ، ﻭَﺃَﻫْﻠِﻲ، ﻭَﻣَﺎﻟِﻲ، ﺍﻟﻠَّﻬُﻢَّ ﺍﺳْﺘُﺮْ ﻋَﻮْﺭَﺍﺗِﻲ، ﻭَﺁﻣِﻦْ ﺭَﻭْﻋَﺎﺗِﻲ، ﺍﻟﻠَّﻬُﻢَّ ﺍﺣْﻔِﻈْﻨِﻲ ﻣِﻦْ ﺑَﻴْﻦِ ﻳَﺪَﻱَّ، ﻭَﻣِﻦْ ﺧَﻠْﻔِﻲ، ﻭَﻋَﻦْ ﻳَﻤِﻴﻨِﻲ، ﻭَﻋَﻦْ ﺷِﻤَﺎﻟِﻲ، ﻭَﻣِﻦْ ﻓَﻮْﻗِﻲ، ﻭَﺃَﻋُﻮْﺫُ ﺑِﻌَﻈَﻤَﺘِﻚَ ﺃَﻥْ ﺃُﻏْﺘَﺎﻝَ ﻣِﻦْ ﺗَﺤْﺘِﻲَ ) .
11 – Ey Alloh! Men Sendan dunyo va oxiratda afvu-ofiyat soʻrayman. Ey Allohim! Men Sendan dinimda, dunyoyimda, ahlimda va molimda afvu-ofiyat tilayman. Ey Alloh! Mening avratimni berkit! Qoʻrquvimdan omonlik ber-ketkaz. Ey Alloh! Men oldimdan ham, ortimdan ham, oʻngimdan ham, chapimdan ham, tepamdan ham, Oʻzing saqla! Oyogʻim ostidan hiyonatga uchrashdan Sening ulugʻligingla panoh soʻrayman). (Abu Dovud va Ibn Moja rivoyati).
( ﺍﻟﻠَّﻬُﻢَّ ﻋَﺎﻟِﻢَ ﺍﻟْﻐَﻴْﺐِ ﻭَﺍﻟﺸَّﻬَﺎﺩَﺓِ، ﻓَﺎﻃِﺮَ ﺍﻟﺴَّﻤَﻮَﺍﺕِ ﻭَﺍﻷَﺭْﺽِ، ﺭَﺏَّ ﻛُﻞِّ ﺷَﻲْﺀٍ ﻭَﻣَﻠِﻴﻜَﻪُ، ﺃَﺷْﻬَﺪُ ﺃَﻥْ ﻻَ ﺇِﻟَﻪَ ﺇِﻻَّ ﺃَﻧْﺖَ، ﺃَﻋُﻮْﺫُ ﺑِﻚَ ﻣِﻦْ ﺷَﺮِّ ﻧَﻔْﺴِﻲ، ﻭَﻣِﻦْ ﺷَﺮِّ ﺍﻟﺸَّﻴْﻄَﺎﻥِ ﻭَﺷِﺮْﻛِﻪِ، ﻭَﺃَﻥْ ﺃَﻗْﺘَﺮِﻑَ ﻋَﻠَﻰ ﻧَﻔْﺴِﻲ ﺳُﻮﺀﺍً، ﺃَﻭْ ﺃَﺟُﺮَّﻩُ ﺇِﻟَﻰ ﻣُﺴْﻠِﻢٍ ) .
12 – Gʻaybu oshkorni biluvchi, osmonlaru yerning yaratuvchisi, barcha mavjudotning Parvardigori va Moliki-podshohi boʻlgan ey Alloh! guvohlik beramanki, Sendan oʻzga (haq) ma'bud yoʻq! Nafsimning yomonligidan, shaytonning yomonligidan va uning shirk (keltirishga chaqirib qiladigan vasvasasi)dan panoh berishingni iltijo qilaman. Oʻzimga yoki boshqa bir muslimga yomonlik yetkazishdan panoh tilayman. (Termiziy va Abu Dovud rivoyati).
( ﺑِﺴْﻢِ ﺍﻟﻠَّﻪِ ﺍﻟَّﺬِﻱ ﻻَﻳَﻀُﺮُّ ﻣَﻊَ ﺍﺳْﻤِﻪِ ﺷَﻲْﺀٌ ﻓِﻲ ﺍﻷَﺭْﺽِ ﻭَﻻَ ﻓِﻲ ﺍﻟﺴَّﻤَﺎﺀِ ﻭَﻫُﻮَ ﺍﻟﺴَّﻤِﻴﻊُ ﺍﻟْﻌَﻠِﻴﻢُ ) ﺛَﻼَﺛﺎً .
13 – Uning ismi bilan birga boʻlganda na yerdagi va na osmondagi biron narsa zarar bera olmaydigan Alloh ismi bilan panohlanaman. U eshituvchi, biluvchi Zotdir. (Uch marta aytiladi).
Tongda va kechda shu duoni uch martadan aytadigan kishiga hech narsa zarar yetkazmaydi. (Abu Dovud, Termiziy, Ibn Moja va Ahmad rivoyati).
( ﺭَﺿِﻴﺖُ ﺑِﺎﻟﻠَّﻪِ ﺭﺑﺎً، ﻭَﺑِﺎﻹِﺳْﻼﻡِ ﺩِﻳﻨﺎً، ﻭَﺑِﻤُﺤَﻤَّﺪٍ r ﻧَﺒِﻴًّﺎ ) ﺛَﻼَﺛﺎً .
14 – Allohni Parvardigor deb, Islomni din deb va Muhammad sollallohu alayhi va sallamni nabiy deb rozi boʻldim. (Uch marta aytiladi).
Tongda va kechda bu duoni uch martadan aytib yuruvchi kishini qiyomat kunida rozi etish Alloh zimmasiga haq boʻladi. (Ahmad, Nasoiy, Abu Dovud va Termiziy rivoyati).
( ﻳَﺎ ﺣَﻲُّ، ﻳَﺎ ﻗَﻴُّﻮﻡُ، ﺑِﺮَﺣْﻤَﺘِﻚَ ﺃَﺳْﺘَﻐِﻴﺚُ، ﺃَﺻْﻠِﺢْ ﻟِﻲ ﺷَﺄْﻧِﻲ ﻛُﻠَّﻪُ، ﻭَﻻَ ﺗَﻜِﻠْﻨِﻲ ﺇِﻟَﻰ ﻧَﻔْﺴِﻲ ﻃَﺮْﻓَﺔَ ﻋَﻴْﻦٍ ) .
15 – Ey mangu hayot va abadiy turuvchi Zot! Sening rahmating bilan madad soʻrayman. Mening butun sha'nim-ishimni oʻngla va meni biron bir lahza ham oʻzimga topshirib qoʻyma. (Hokim rivoyati. Zahabiy sahih degan).
( ﺃَﺻْﺒَﺤْﻨَﺎ ﻭَﺃَﺻْﺒَﺢَ ﺍﻟْﻤُﻠْﻚُ ﻟِﻠِّﻪِ ﺭَﺏِّ ﺍﻟﻌَﺎﻟَﻤِﻴﻦَ، ﺍﻟﻠَّﻬُﻢَّ ﺇِﻧِّﻲ ﺃَﺳْﺄَﻟُﻚَ ﺧَﻴْﺮَ ﻫَﺬَﺍ ﺍﻟْﻴَﻮْﻡِ : ﻓَﺘْﺤَﻪُ، ﻭَﻧَﺼْﺮَﻩُ، ﻭَﻧُﻮﺭَﻩُ، ﻭَﺑَﺮَﻛَﺘَﻪُ، ﻭَﻫُﺪَﺍﻩُ، ﻭﺃَﻋُﻮْﺫُ ﺑِﻚَ ﻣِﻦْ ﺷَﺮِّ ﻣَﺎ ﻓِﻴﻪِ، ﻭَﺷﺮِّ ﻣَﺎ ﺑَﻌْﺪَﻩُ ) .
16 – Biz va butun mulk olamlar parvardigori Allohniki boʻlib tong ottirdik. Ey Alloh! Men Sendan shu kunning yaxshiligini – fathini, gʻalabasini, nurini, barakasini va hidoyatini tilayman. Sendan undagi va undan keyingi yomonlikdan panoh berishingni soʻrayman. (Abu Dovud rivoyati).
( ﺃَﻣْﺴَﻴْﻨَﺎ ﻭَﺃَﻣْﺴَﻰ ﺍﻟْﻤُﻠْﻚُ ﻟِﻠِّﻪِ ﺭَﺏِّ ﺍﻟﻌَﺎﻟَﻤِﻴﻦَ، ﺍﻟﻠَّﻬُﻢَّ ﺇِﻧِّﻲ ﺃَﺳْﺄَﻟُﻚَ ﺧَﻴْﺮَ ﻫَﺬِﻩِ ﺍﻟﻠَّﻴْﻠَﺔِ : ﻓَﺘْﺤَﻬَﺎ، ﻭَﻧَﺼْﺮَﻫَﺎ، ﻭَﻧُﻮﺭَﻫَﺎ، ﻭَﺑَﺮَﻛَﺘَﻬَﺎ، ﻭَﻫُﺪَﺍﻫَﺎ، ﻭﺃَﻋُﻮْﺫُ ﺑِﻚَ ﻣِﻦْ ﺷَﺮِّ ﻣَﺎ ﻓِﻴﻬَﺎ، ﻭَﺷﺮِّ ﻣَﺎ ﺑَﻌْﺪَﻫَﺎ ) .
17 – Biz va butun mulk olamlar parvardigori Allohniki boʻlib kechga yetdik. Ey Alloh! Men Sendan shu kechaning yaxshiligini – fathini, gʻalabasini, nurini, barakasini va hidoyatini tilayman. Sendan undagi va undan keyingi yomonlikdan panoh berishingni soʻrayman. (Abu Dovud rivoyati).
( ﺃَﺻْﺒَﺤْﻨَﺎ ( ﻭَﺇِﺫَﺍ ﺃَﻣْﺴَﻰ ﻗَﺎﻝَ : ﺃَﻣْﺴَﻴْﻨَﺎ ) ﻋَﻠَﻰ ﻓِﻄْﺮَﺓِ ﺍﻹِﺳْﻼﻡِ، ﻭَﻋَﻠَﻰ ﻛَﻠِﻤَﺔِ ﺍﻹِﺧْﻼﺹِ، ﻭَﻋَﻠَﻰ ﺩِﻳﻦِ ﻧَﺒِﻴِّﻨَﺎ ﻣُﺤَﻤَّﺪٍ r ، ﻭَﻋَﻠَﻰ ﻣِﻠِّﺔِ ﺃَﺑِﻴﻨَﺎ ﺇِﺑْﺮَﺍﻫِﻴﻢَ ﺣَﻨِﻴﻔﺎً ﻣُﺴْﻠِﻤﺎً ﻭَﻣَﺎ ﻛَﺎﻥَ ﻣِﻦَ ﺍﻟْﻤُﺸْﺮِﻛِﻴﻦَ ) .
18 – Islom fitradida, ixlos kalimasida, nabiyyimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam dinida va otamiz Ibrohim millatida (turgan holda) tong ottirdik. (Agar kech kirsa: kechga kirdik, deyiladi). (U: Ibrohim) haqiqiy musulmon boʻlib, mushriklardan emasdi. (Ahmad va Ibn Sunniy rivoyati).
( ﺳُﺒْﺤَﺎﻥَ ﺍﻟﻠَّﻪِ ﻭﺑِﺤَﻤْﺪِﻩِ ) ﻣِﺎﺋَﺔَ ﻣَﺮَّﺓٍ .
19 – Alloh barcha aybu nuqsondan pokdir. Allohni hamdi bilan tasbeh aytaman.
Kim tongda va kechda 100 martadan aytgan boʻlsa, qiyomat kunida faqat bu zikrni shuncha miqdordan koʻproq aytgan kishigina undan afzalroq narsa bilan kelishi mumkin. (Muslim rivoyati).
( ﻻَﺇِﻟَﻪَ ﺇِﻻَّ ﺍﻟﻠَّﻪُ ﻭَﺣْﺪَﻩُ، ﻻَﺷَﺮِﻳﻚَ ﻟَﻪُ، ﻟَﻪُ ﺍﻟْﻤُﻠْﻚُ، ﻭَﻟَﻪُ ﺍﻟْﺤَﻤْﺪُ، ﻭَﻫُﻮَ ﻋَﻠَﻰ ﻛُﻞِّ ﺷَﻲْﺀٍ ﻗَﺪِﻳﺮٌ ) ﻋَﺸْﺮَ ﻣَﺮَّﺍﺕٍ ﺃَﻭْ ﻣَﺮَّﺓً ﻭَﺍﺣِﺪَﺓً ﻋِﻨْﺪَ ﺍﻟْﻜَﺴَﻞِ .
20 – Allohdan oʻzga (haq) ma'bud yoʻq. U yolgʻiz, sheriksizdir. Mulk ham, hamd ham Unikidir va U barcha narsaga qodir zot. (Oʻn marta yoki yalqovlik qilinsa bir marta aytiladi). (Nasoiy, Abu Dovud, Ibn Moja va Ahmad rivoyatlari).
( ﻻَﺇِﻟَﻪَ ﺇِﻻَّ ﺍﻟﻠَّﻪ ﻭَﺣْﺪَﻩُ، ﻻَﺷَﺮِﻳﻚَ ﻟَﻪُ، ﻟَﻪُ ﺍﻟْﻤُﻠْﻚُ، ﻭَﻟَﻪُ ﺍﻟْﺤَﻤْﺪُ، ﻭَﻫُﻮَ ﻋَﻠَﻰ ﻛُﻞِّ ﺷَﻲْﺀٍ ﻗَﺪِﻳﺮٌ ) ﻣِﺎﺋَﺔَ ﻣَﺮَّﺓٍ ﺇِﺫَﺍ ﺃَﺻْﺒَﺢَ .
21 – Allohdan oʻzga (haq) iloh yoʻq. U yolgʻiz, sheriksiz zotdir. Mulk ham, hamd ham Unikidir! U barcha narsaga qodir. (Tong otganda yuz marta aytadi).
Buni bir kunda yuz marta aytgan kishining savobi oʻnta qulni ozod qilishga teng boʻladi. Unga yuzta hasanot yozilib, yuzta xatosi oʻchiriladi. Shu kun to kechgacha bu zikr uning uchun shaytondan himoyalovchi qoʻrgʻon-himoya boʻladi. Qiyomat kunida faqat bu duoni undan ham koʻproq qilgan kishigina undan afzalroq amal bilan keladi. (Buxoriy va Muslim rivoyati).
( ﺳُﺒْﺤَﺎﻥَ ﺍﻟﻠَّﻪِ ﻭﺑِﺤَﻤْﺪِﻩِ : ﻋَﺪَﺩَ ﺧَﻠْﻘِﻪِ، ﻭَﺭِﺿَﺎ ﻧَﻔْﺴِﻪِ، ﻭَﺯِﻧَﺔَ ﻋَﺮْﺷِﻪِ، ﻭَﻣِﺪَﺍﺩَ ﻛَﻠِﻤَﺎﺗِﻪِ ) ﺛَﻼَﺙَ ﻣَﺮَّﺍﺕٍ ﺇِﺫَﺍ ﺃَﺻْﺒَﺢَ .
22 – Alloh barcha aybu nuqsonlardan pokdir. Allohga maxluqotlari adadicha, nafsining rizoligicha, arshining vaznicha va kalimalarining (sonicha) miqdoricha hamd va tasbehlar aytaman. (Tong otganda uch marta aytiladi). (Muslim rivoyati).
( ﺍﻟﻠَّﻬُﻢَّ ﺇِﻧِّﻲ ﺃَﺳْﺄَﻟُﻚَ ﻋِﻠْﻤﺎً ﻧَﺎﻓِﻌﺎً، ﻭَﺭِﺯْﻗﺎً ﻃَﻴِّﺒﺎً، ﻭَﻋَﻤَﻼً ﻣُﺘَﻘَﺒَّﻼً ) ﺇِﺫَﺍ ﺃَﺻْﺒَﺢَ .
23 – Parardigoro! Men Sendan foydali ilm, pokiza-halol rizq va qabul boʻladigan amal tilayman. (Tong otganda aytadi). (Ibn Sunniy va Ibn Moja rivoyati).
( ﺃَﺳْﺘَﻐْﻔِﺮُ ﺍﻟﻠﻪَ، ﻭَﺃَﺗُﻮﺏُ ﺇِﻟَﻴْﻪِ ) ﻣِﺎﺋَﺔَ ﻣَﺮَّﺓٍ ﻓِﻲ ﺍﻟْﻴَﻮْﻡِ .
24 – Allohdan istigʻfor tilayman va Unga tavbalar qilaman. (Har kuni yuz marta aytiladi). (Buxoriy va Muslim rivoyati).
( ﺃَﻋُﻮﺫُ ﺑِﻜَﻠِﻤَﺎﺕِ ﺍﻟﻠَّﻪِ ﺍﻟﺘَّﺎﻣَّﺎﺕِ ﻣِﻦْ ﺷَﺮِّ ﻣَﺎ ﺧَﻠَﻖَ ) ﺛَﻼَﺙَ ﻣَﺮَّﺍﺕٍ ﺇِﺫَﺍ ﺃَﻣْﺴَﻰ .
25 – Allohning mukammal soʻzlari bilan yaratganlarining yomonligidan panoh tilayman. (Kech kirganda uch marta aytadi).
Shu duoni kech kirganda uch marta oʻqigan kishiga tunning zahari-zarari yetmaydi. (Ahmad, Nasoiy, Termiziy va Ibn Moja rivoyati).
( ﺍﻟﻠَّﻬُﻢَّ ﺻَﻞِّ ﻭَﺳَﻠِّﻢْ ﻋَﻠَﻰ ﻧَﺒِﻴِّﻨَﺎ ﻣُﺤَﻤَّﺪٍ ) ﻋَﺸْﺮَ ﻣَﺮَّﺍﺕٍ .
26 – Ey Alloh! Nabiyyimiz Muhammadga salot va salomlar et. (Oʻn marta aytadi). (Tabaroniy rivoyati).
[1] tarjimasi uchun 25-fakralarga karalsin.
[2] tarjimasi uchun 25-fakralarga karalsin. http://www.islamnuri.com/duolar/kitob-va-sunnatdan-duolar
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3