Предыдущая публикация
Nechun yuragimni tildi xijron,
Chin sevgidan vos kechmoqlik böldi oson,
Bizni deya larzalandi yer-u osmon,
ARMON BÖLDIM-ARMON BÖLGAN YORGINAMGA...
Yomg'ir yog'sa g'uborlarim yuvarmikan,
Öshal yori meningdek bölarmikan,
Meni eslab yurak bag'ri tilarmikan,
ARMON BÖLDIM- ARMON BÖLGAN YORGINAMGA...
Baxtli kunlar ayriliqni öylamadim,
Devoridan biror marta böylamadim,
Xatto unga sevaman deb söylamadim,
ARMON BÖLDIM- ARMON BÖLGAN YORGINAMGA...
Unutolmasligim könglim sezar edi,
Qayg'ularim vujudimni ezar edi,
Muhabbatim ishq mozorin kezar edi,
ARMON BÖLDIM-ARMON BÖLGAN YORGINAMGA...
ƒฉřγσძ
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев