Предыдущая публикация
Yuraklarga yozaman o'yib.
O'lsam o'sha yurak yig'laydi
Qabrim uzra boshini qo'yib.
Men she'r yozsam toshga yozaman
Yaramaydi she'rimga qog'oz.
Tosh yurakni parchalab ketar
Dil qog'ozdan otilgan ovoz.
She'rlarimni yozay shabnamga
Atirgulga qo'nsa ertalab.
Tongda uni quyosh o'qisin
Iliq nuri bilan erkalab.
Yarim tunda yozsam she'rimni
Oymomoga osib qo'yaman.
Bu she'r faqat sevgilimga deb
Eng pastiga yozib qo'yaman.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев