Internetda o’z saytingizni ochish uchun Sizda hosting va domain bo’lishi kerak. Agar sayt yaratish sohasida hech narsani bilmasangiz, hosting va domain haqida eng muhim asosiy tushunchalarga ega bo’lib
olishingiz kerak.
Hosting – bu saytingiz asosini tashkil etiuvchi fayllar (html xujjatlar, rasmlar, ovozli
va video fayllar, dasturlar va h.k.)
saqlanadigan joy. Hosting xizmati turli hosting provayderlar tomonidan taklif
etiladi. Bugungi kunda hosting narxi juda qimmat emas; bir oyga atigi 3 ming yoki 5 mingdan boshlab yaxshi hostingga ega
bo’lish mumkin. <br>Domain – bu hostingda joylashtirilgan
saytingizning bosh sahifasini
foydalanuvchilarga olib uzatadigan, yo’l ko’rsatuvchi web-ism. Gap shundaki, hostingda saytingizni joylashtirganingizdan
so’ng saytingiz faqat IP manzil orqali ko’rilishi mumkin bo’ladi. Masalan, foydalanuvchilar saytingizni 183.168.57.318
degan IP manzil orqali ko’rishlari mumkin deb hisoblaylik. Har safar saytingizga kirish
uchun bu raqamlarni terish
foydalanuvchilarga qiyinchilik tug’diradi. Bundan tashqari 183.168.57.318 kabi
raqamlarni eslab qolish ham juda qiyin. Domainning asosiy vazifasi – mana shu IP
manzilni odamlarga tushunarli bo’lgan qisqa, o’qiladigan, ma’no anglatadigan
so’zlarga aylantirish. Masalan, www.sayt.uz yoki www.davron.uz . Bundan ko’rinib turibdiki, sayt.uz yoki davron.uz kabi
domenlar eslab qolish uchun oson hamda ularni har qanday kishi qiyinchiliklarsiz
brauzerda yozib ocha oladi. Har safar kimdir davron.uz kabi domeningizga murojaat qilganda bu domen 183.168.57.318 IP
manzilini chaqiradi va natijada Sizning saytingiz foydalanuvchi ko’z o’ngida namoyon bo’ladi!
Hosting va domain olish juda oson. Hosting olish uchun birinchi navbatda yaxshi hosting kompaniyasini tanlashingiz
kerak bo’ladi. Bunda Sizga Hosting-Obzor.uz sayti yordam berishi mumkin. Bu saytda O’zbekistonning barcha hosting kompaniyalari baholangan.
Domain olish uchun Siz avvalroq hech kim tomonidan ro’yxatga olinmagan domain
ismni tanlashingiz, yoki ko’p hollarda, topishingiz kerak bo’ladi. Bu uchun Whois.uz sayti qidiruvi orqali Siz qidirgan domain bo’sh yoki band ekanligini aniqlashingiz,
agar bo’sh bo’lsa, o’zingiz tanlagan domain
ismni taklif qilingan ro’yxatdan
o’tkavuzchilar orqali o’zingizniki qilib olishingiz mumkin. Domain ismlarning
registratsiya qilinishi eng kam muddati – bir
yil. Hosting va domain olish bosqichidan o’tib
olganingizdan so’ng hostingda saytingiz
fayllarini joylashtirishingiz hamda saytni “Ishga tushdi!” deb hisoblashingiz mumkin.
Saytlarni yaratish hozirgi vaqtda qiyin emas.
Chunki kodni boshida yozib, saytning har bir
detalini yaratishning xojati yo’q. Hozirda internet saytlarida eng ko’p ishlatilayotgan
WordPress yoki Joomla! kabi sayt
platformalari sayt yaratishdagi ishingizning
99% qismini Siz uchun bajaradi. Buning uchun WordPress yoki Joomla! web
dasturlarini hostingingizga yuklashingiz va
ularni o’rnatishingiz kerak. WordPress va
Joomla! uchun saytlarning tayyor
ko’rinishlari ham internetda yuklab olish uchun juda ko’plab topiladi. Misol tariqasida aytmoqchimanki, Azamat.uz sayti WordPress dasturi asosida ishlaydi. Saytimizning hozirgi ko’rinishi va asosiy
dasturi internetda bepul yuklab olinishi mumkin. Sayt yaratishning boshida oxirigacha bo’lgan to’liq yo’riqnomalarini Google orqali
rus yoki ingliz tillarida ko’plab topishingiz mumin. O’z saytingizni yaratishingiz va internetda o’z nomingiz, o’z ovozingizga ega bo’lishingizda tilakdoshman!
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2