I b o b .
Oisimlik — hayot manbayi
GULLI O'SIMLIKLAR
1- §. GULLI O'SIMLIKLAR BILAN
UMUMIY TANISHISH
Gullari turlicha shakl va rangli gulqo'rg'on
(gulkosa, gultoj), uning ichida o'rnashgan
changchi hamda urug'iga ega bo'lgan, urug'-
l a n g a n d a n so'ng meva hosil qiladigan
o'simliklarga gulli o'simliklar deyiladi (6- rasm). Ular ildiz,
poya, barg, gul, meva va urug'lardan tashkil topgan.
Yer yuzidagi gulli o'simliklar 533 oila, 13000 turkum va
250 mingdan ortiq turni o'z ichiga olishi aniqlangan. Bu o'simliklarning
har biri o'ziga xos belgilari bilan bir-biridan farq
qiladi.
Gulli o'simliklarning hammasi ham o'z hayoti davomida
gullab meva tugadi.
O'simliklar dunyosi million yillar davomida turlicha iqlim
sharoitiga, tuproqqa va namlikka moslashib shakllangan. Uning
organlari, ichki tuzilishi, ajoyib xossalari, xususan, hayotiy
shakllari, yirik guli va mevasi,
ildizi, salobatli shox-shabbasi,
umrboqiyligi, hayvonlar
singari tirik mavjudotlar
bilan oziqlanishi, kelgusi
naslni o'z bag'rida voyaga
yetkazib, mustaqil hayotga
yo'llanma berishi kabi irsiy
belgilari bilan necha asrlardan
beri odamlarni o'ziga jalb etib
keladi (7- rasm).
Har bir o'simlik turining
o'ziga xos ajoyib xossalari bor.
O'simliklarning xilma- xilligini
aks ettiruvchi misollar
juda ko'p. Bularga Seyshel
6- rasm. Gulli o'simlik — g'o'za:
1— umumiy ko'rinislii;
2—guli;
3— ko'sagi;
4— ochilgan ko'sagi.
orolidagi o'n yillar mobaynida
pishib yetiladigan,
og'irligi 25 kg ga yetadigan
seyshel palmasi yong'oqlari,
tanasida 200 / gacha suv
saqlaydigan Meksika kakt
u s l a r i , Kanar orollarida
6000 yilgacha umr ko'rad
i g a n ajdar d a r a x t l a r i,
Sumatra orolidagi diametri
1 m ga yetadigan rafleziya kabi
ulkan gullar misol bo'ladi.
Bund ay ajoyibotlar o'lkamizdagi
o'simliklar orasida ham
ko'plab topiladi. Masalan,
j a z i r a m a issiqqa bardosh
b e r i b , qum u y u m l a r i da
7- rasm.
Hasharotxo'r o'simliklar:
1— nepentes (kuvacha);
2— drosera.
o'sadigan, barglari arang ko'rinadigan saksovul va qandim,
poyasi suv tagida bo'lib, guli suv yuzasida ochiladigan nilufar,
hasharotlar bilan oziqlanadigan suv qaroqchisi, tabiat ko'rki
bo'lgan qizil lola, ko'zagul, sallagul, chinnigul va jumagullar
(xolmon), noyob mevali o'simliklardan yong'oq, pista, bodom,
safsanlar, tabobatimiz gavhari hisoblangan chakanda, isiriq,
na'matak, suvqalampir va boshqalar o'simliklar dunyosining
ajoyib vakillaridir. Barcha gulli o'simliklarda ildiz, poya, barg,
gul, meva va urug'larning bo'lishi ularning o'ziga xos
xususiyatidir.
Gulning tashqi qavati, odatda, yashil rangli gulkosachabarglar
bilan o'ralgan bo'ladi. Ulardan so'ng rangli gultojbarglar
joylashadi. Gulning o'rta qismida changchilar, markazida esa
urug'chi joylashadi.
Gulli o'simliklarning xilma-xilligi ekologik sharoitning
o'zgarishi bilan bog'liq. Ular million yillar mobaynida o'zgarib,
yangi muhitga, sharoitga moslasha borgan. Sharoit o'zgarishi bilan
o'simliklarda yangi muhitga xos belgilar paydo bo'lgan va bu
belgilar vaqt o'tishi bilan sekin-asta mustahkamlangan
(irsiylashgan). Natijada maxsus sharoitlarga moslashgan yangi
10
o'simliklar (turlar, turkumlar, oilalar) paydo bo'lgan. Yangi
sharoitga moslasha olmagan o'simlikJar yo'qolib ketgan.
Bundan 40 million yillar ilgari urug'li qirqquloqlarning shu
davrgacha saqlanib kelgan vakillaridan gulli o'simliklar paydo
bo'lgan.
1. Barcha gulli o'simliklar uchun xos bo'lgan
belgilar nimalardan iborat?
2. Gulli o'simliklarning qanday organlari bor?
3. Gulli o'simliklar nima uchun xilma-xil bo'ladi?
4. Gulli o'simliklar qanday sharoitlarda o'sishga
moslashgan?
Ildiz, poya, barg, gul, meva
Birorta gulli o'simlikning umumiy tuzilishi bilan
tanishib chiqing.
Gullamaydigan o'simlik guruhlari haqida ma'lumot
to'plang.
To'g'ri javobni toping!
I. Gulli o'simliklarning asosiy organlarini aniqlang:
a) ildiz, novda, meva, urug', kurtak;
b)urug', gul, meva, ildiz, barg, poya;
d) ho'l meva, poya, ildiz, urug', kurtak, meva.
Gulli o'simliklarning organlari bilan tanishish
Laboratoriya mashg'ulotini tayyor gerbariydan
foydalanib yoki maktab hovlisida o'sadigan
o'simliklar bilan tanishish orqali o'tkazish mumkin.
1. O'simlik organlarini aniqlang.
2. Gulning tuzilishini (gulqo'rg'on bo'laklari,
changchi va urug'chilarni) ko'zdan kechiring.
11
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев