- Xames Rodriges 70 million yevro turadimi?
– Bilmadim, bir narsa ayta olmayman. Men maydonda o'z vazifamni bajaraman va transfer qiymatim meni qiziqtirmaydi.
- Oilangizga nima maqul: Monakoda qolishmi yoki Madridga ko'chish?
– Ular meni har qanday holatda qo'llab-quvvatlashadi, doimo shunday bo'lib kelgan. Monakoda barchasi ajoyib, biroq Madridga ko'chish bu orzuyimiz.
- "Real"ga o'tishnigiz mumkinligini bilganingiz uchun asabiylashmoqdamisiz?
– Men juda bosiq odamman, doimo sokin bo'lishga intilaman. Biroq "Real" – bu o'zgacha holat. Barchasi Florentino Peresga bog'liq.
- "Portu", "Monako", endi "Real"... Siz endigina 23 yoshdasiz, o'zgarishlar juda ham og'irlik qilmaydimi?
– Bu rost, barchasi juda tez o'zgarmoqda, biroq men vaziyatlarning bunday rivojiga tayyorman, – deydi futbolchi.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев