Ularning shakli o‘zlari ifoda etgan narsaning shakliga juda o‘xshash bo‘lgan, masalan:“日”,“月”,“井”,“山”. Ayrim iyerogliflar esa narsaga xos bo‘lgan xususiyatlarni ko‘rsatadi: “牛”(xo‘kiz),“羊”(shox),“母” (ko‘krak). Xitoy tilida bunday iyerogliflar ko‘p uchramasada, ular xitoy yozuvuning asosini tashkil etadi.
Xitoy iyerogliflarining aksariyat qismi shakl-tovush iyerogliflardir. Ularning ko‘pi ikki qismdan iborat bo‘lib, bir qismi ma’no ifodalasa, ikkinchi qismi tovush ifodalaydi.
Zamonaviy xitoy iyerogliflari qadimiy tasviriy iyerogliflar asosida shakllangan, masalan:“田”,“井”,“网”。 Davrlar o‘tishi bilan ular o‘zining shakl ifoda etish xususiyatini yo‘qotgan, masalan: “牛”,“马”,“虫”,“耳”,“鱼”,“鸟”。Shunday bo‘lsada, ular hozirgi kungacha sodda iyeroglif sifatida ishlatilib kelinmoqda.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев