Ushalmas orzularga yetgim kelyapti.
Negadur charchadim hamma narsadan.
Töxtagin ey hayot degim kelyapti.
Hayot zarbalaring buncha be shavqat.
Kurashib yashashga qolmadi toqat.
Köz yumib dunyodan ketay deymanu.
Birgina onamni öylayman faqat.
Men ketsam ularning holi ne kechar.
Dardlarin unutib kimga suyanar.
Boridan ayrilgan bechora onam.
Jimgina alamdan köz yoshin ichar.
Döstlarim jonimga qilsalar jabr.
Hayotda yashamoq bölsada og'ir.
Yashashga tayyorman ajal kelguncha.
Onajon siz uchun qilaman sabr.
Ayting bu hayotga keldim ne uchun.
Kim uchun kerakman ayting kim uchun.
Osongina hammadan kechishim mumkin.
Yashasam yashayman faqat siz uchun.
Muallif: Elmurod Zulunov
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев