Предыдущая публикация
Bo'm-bo'sh qalb bilan...
Siniq, og'ir tonglarni kutib...
Baxt daftarin yoqqan dard bilan
Alamlarni yurakka yutib...
Yashash kerak - zulmatlar aro
To'lin oyning vaslini izlab...
O'tib ketgan bahorlar - qaro,
Oppoq qordan yuraklar muzlab...
Yashash kerak - kuygan
sog'inchlar
Cho'g'larini ezg'ilab, bosib...
Bosh egmasdan- Dard va
o'kinchlar
Suronidan ko'ngilni to'sib...
Yashash kerak - voz kechib
ishqdan,
O'jar g'urur qilib tantana...
Yana ishqsiz hayot... Yana man-
O'shal bo'm-bo'sh qalb bilan...
Yana...
Yashashim shart...
Hayot bu - jazo...
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев