O'z uyida o'n sakkiz yil mezmon bo'lgan,
Endi esa yot xonadonga kelin bo'lgan,
Baxtlilardan baxtli bo'lib, ona bo'lgan,
Onamdayin mehribonim singlim mani.
Balki meni sevar o'sha Shoxista ham,
Lek senchalik mehribonmas sevganim ham,
Bo'lsin deyman hamisha baxting bekam,
Onamdayin mehribonim singlim mani.
Qadring endi bilinyapti singilginam,
Erkaliging ko'tarolmay ranjitdim ba'zan,
Endi uyda mehmonliging qilar alam,
Onamdayin mehribonim singlim mani.
Chimildiq deb atalmish muqaddas joyga,
Barcha sir-asrorni ko'rib kirasan,
Kelinni oldida siring yashirib,
Xuddi farishtadek kulib turasan.
To'ydan keyin uchrasa eski o'ynashing,
Sinfdoshim deya aldab qo'yasan,
Savolim sening ham opang-singling bordir,
Ayt do'stim ZINOga qachon to'yasan...
Bilamiz bu dunyo xammadan qolar,
Sog'liq bo'lsa, qattiq non ham totli tuyular,
Yigitmizku, gar nolisak uyat bo'lar,
Nomardga xech qolmasin kuningiz akalar,
Boshingiz egilsin faqat joynomozda akalar...
Kimdir nolib yashar xayotdan,
Egardan tushmaydi, tushsa ham otdan,
Kutmagin yaxshilik yetti yotdan,
Berar gar so'rasang eng buyuk zotdan.
Dunyo izlab o'tib ketmoqda umr,
Xayot kimgadir shirin, kimgadir tahir,
Naxot insonlarda qolmadi mehr,
Javobi bor mahsharda ahir.
Shukr qilmas ekan inson,
Kechir deydi lekin oson,
Ammo xayot majbur qilsa,
Va'dasini buzar oson.
Gunoxlar ustida Gunoxlar bisyor,
Do'stlaring qilarmi siringni oshkor,
Javob bergin menga, aytgin ey dunyo,
Nega yaxshi insonlar chekarlar ozor.