beg'am.
E'tibor qilmapman dardin bilsam
ham.
Endi foydasi yo'q qancha
achinsam,
Qaytib kelmas yerga otlangan
OTAM!
Uch kun jim yotdilar shiftga
boqqancha,
Biror so'z demasdan qalbim
yoqqancha,
Hisoblab gunoh va savobin
qancha
Sukutda kimlarni o'ylagan OTAM!
Uch kun azoblanib ozor
chekdilar,
Umr bog'lariga dardni ekdilar,
G'amning yaprog'idan kafan
tikdilar,
O'zining ajalin sog'ingan OTAM!
Uchkun ham o'tdi-yu tilga
kirdilar,
Mehribonim sekin yaqin tortdilar,
Mendan rozi bo'lgin qiynalma
deya
Nasihatlar aytib vidolashdilar.
Men ahmoq tushunmay vido
so'zini,
Yolg'iz tashlab ketdim bilmay
o'zini,
Ortiq ko'rolmadim o'tli ko'zini,
Bir umr ko'ziga zor etgan OTAM!
Otajon mehribon, g'amxo'r
edingiz,
Asaldayin shirin edi so'zingiz,
Sog'inib eslaydi telba o'g'linngiz,
Bolam deb, o'glim deb yashagan
OTAM!.
Kuz kelib xazonlar to'kildi bir bir,
Kimdir vafot etdi, tug'ildi kimdir,
Vafotizga mana to'libdi bir yil
Olloh dargohiga yo'l olgan OTAM!
Qabringiz yonida turipman mana,
Siz sevgan gullardan keltirdim
yana,
Ko'ksimdan otilib yosh chiqdi ana
Mening ko'zlarimni yoshlatgan
OTAM!
OTAJON o'ksinmang ranjiganim
yo'q,
Ko'zimga chang kirdi yig'laganim
yo'q,
Yaxshiman ko'nglingiz qilavering
to'q
Tushlarimda holim so'ragan
OTAM!
Yig'lamayman duvdim yig'ladim
biroq,
Axir kimsa yo'qku sizdan
yaqinroq,
Ne uchun ketdingiz olislab yiroq,
Qaytib kelmas yerdan joy olgan
OTAM!!
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев