Dunyoda she'r kammi qo'shiq kammidi
Kim bo'lsang ham yomon achchiqqa tegding
Mashxurlikka boshqa yo'ling yo'qmidi?
Nega ohun aytgan qo'shiqqa tegding?
Nega ustoz aytgan qo'shiqqa tegding?
Mahxurlik boshqayu maqullik boshqa
Hofizlik yarashmas yuragi toshga
Zormisan o'zgalar pishirgan oshga
Nega ohun aytgan qo'shiqqa tegding?
Nega ustoz aytgan qo'shiqqa tegding?
Aytilgan qo'shiq bu er ko'rgan qizdek
Buzmasdan kuylasang bo'lmasmi bizdek
Osmonga chiqsang ham xuddi yulduzdek
Nega ohun aytgan qo'shiqqa tegding?
Nega ustoz aytgan qo'shiqqa tegding?
Ustozdek kuylashu yonish osonmi?
Tirikdek qalblarda qolish osonmi?
Aqldan qo'shiqlar olish osonmi?
Nega ohun aytgan qo'shiqqa tegding?
Nega ustoz aytgan qo'shiqqa tegding?
Garchi hofizlikdan polvon ko'rinib
Kuylasang dardlaring alvon ko'rinib
Muxlislariga ham yomon ko'rinib
Nega ohun aytgan qo'shiqqa tegding?
Nega ustoz aytgan qo'shiqqa tegding?
Kimga yengil kimga og'ir bu savol
Shu san'at yo'lida bo'laylik halol
Takrorlab aytaman kelsa ham malol
Nega ohun aytgan qo'shiqqa tegding?
Nega ustoz aytgan qo'shiqqa tegding?
Shuxrat Axmedov.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев