Предыдущая публикация
Umr o‘tmoqdadur, umr
o‘tmoqda.
Qoldirib-qoldirmay iz bu
hayotda,
Umr o‘tmoqdadur, umr
o‘tmoqda.
Oppoq tongni ulab tiyrai
shomga,
Birda shak keltirib sirli olamga,
Goho ta’zim qilib battol-
badnomga,
Umr o‘tmoqdadur, umr
o‘tmoqda.
Navqiron daryodek qirg‘oqdan
oshib,
Yurar yo‘limizdan birda adoshib,
Kim bilan bir zimdan mansab
taloshib,
Umr o‘tmoqdadur, umr
o‘tmoqda.
Erta bilan bog‘lab ne damlarimiz,
Bilib-bilmay bosgan
qadamlarimiz,
Xayrli ishdanam karamlarimiz,
Umr o‘tmoqdadur, umr
o‘tmoqda.
Keksalik mo‘ralab, eshik
qoqmoqda,
Bolalik boshqatdan
qaytarilmoqda,
Bizdan erta kunga nelar
qolmoqda?
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 4