Baxt degan
tushunchaga aniq izoh keltirishni iloji
bormikin? Baxt bu boylikmi, yo chin
muhabbat? Yoki do’stu qondoshlar
orasidagi oqibatmi? Balki xayotda
hammadan zo'r bo'lib yashash eng zo'r baxtdur? Balki hammadan
ilmliroq
bo’lish eng oliy baxtdur? Bilmadim...
Men faylasuf emasman yo ilmli
donishmand ham emasman lekin baxt
haqidagi mening ham o’z fikrim bor.
Baxtni har kim o'zicha chunadi, kim uchundir u boylik, kasb, yana kim
uchundir ilm, liderlik yana kim
uchundir esa oila, bu ro’yhatni uzoq
davom ettirsa bo’ladi chunki bu
borada har bir insonning o'z qarichi,
o'z qarashi bor. Lekin nima bo'lganda ham hox boy bo'lsin hox kambag'al
eng oliy baxt - har qanday sharoit, har
qanday zamonu makondan qat'iy
nazar o'z baxtini his qila olishda bo’lsa
kerak. Boymi kambag'al, ilmsizmi yoki
ilmli donishmand bo’lsin, o’z baxtini his qila olish hammaning ham
qo'lidan
kelavermaydi. Shundayin boyu
badavlatlarni ko'rdim, ularda hech
qanday kamchilik yo'q lekin
xayotlaridan negadur zerikishgan, o’z
baxtlarini his qilaolishmaydi, xayotdan rohatlanishadi ammo asl baxtni
his
qilaolishmaydi, yana xayotda shunday
insonlar ham borki o'zlari juda
unchalik koshona xayot
kechirishmasada, uni bunga buni unga
yetkazishga harakat qilib doim boshlarida muommolar ya'ni
tirikchilikning muommolari tursada
negadur ular baxtni his qilaolishadigan
dek. Chetdan qaraganda ular
maqsadsizdek, ya'ni yuqoriga
intilmaydigan insonlardek tuyulishsada lekin o’z ahvollaridan
baxtiyorlar, kimlar uchundir fojiyadek
bo'lgan narsalar ularning pinagini ham
buzmaydi. Lekin afsus bundayin
isnonlarni xayotda juda kam
uchratamiz. Ko’pchiligimiz xayotimizdan doim ko’nglimiz
to’lmay, nimagadur muhtojdek
yashaymiz. Nimadur izlaymiz lekin
topaolamymiz, baxt izlaymiz, boylik,
yaxshi xayot sari intilamiz lekin
millionerlik baxtini his qilaolmagan milliarderlik baxtini ham his olishiga
shubham bor. Masalan men ham bir
milliarderman, to’g’ri milliardlarim
yo’q, lekin ota-onam bor, tog’dek
suyanchig’ akalarim, ukalarim
yaqinlarim qolaversa meni xurmat qilib ardoqlovchi do’stlarim bor! Hosh
nega men xafa bo’lay? Tagimda
Captivam yo’qligigami? Yo’q, xozirgi
baxtimni his qilaolmasam ertaga
Captivam bo’lganda ham baxtimni his
qilaolmasligim aniq! Shunday ekan azizlar, ahvolingiz qanday bo'lmasin,
talabamisiz, dehqonmisiz yoki
biznessmenmisiz xullas kim
bo'lishizdan qat’iy nazar o'z
baxtingizni topishga harakat qiling va
uni his eting. Aslida asl baxt - o'z baxtimizni his qilaolishimizda aa!:) Bu
gaplarim bilan joyingizda qotib qoling
demoqchi emasman, faqat biroz sizda
optimizmni uyg’otmoqchiman, agar
sizda bu borada kamchilik yo’q bo’lsa,
bor bo’lsa ham ham marxamat bu borada o’z fikringizni bildiring:)
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев