yoqdan bu yoqqa tez-tez yurardi.
Asabiylashganligidan barmoqlarini qisardi.
Bugungi kechaga borish uchun ruhsat
berishmagan ota-onasidan jahli chiqardi.
Tög'rida, voyaga yetgan bölsa, har kuni ham bölavermaydiku bunaqa kechalar. U yerda
dugonalari, döstlari, eng muhimi esa u - sevgan
yigiti böladi. Ota-onasi esa qiz bolaning yarim
kechasi restorandagi ziyofatga borishi yaxshi
emasligini aytishdi. Unga nisbatan adolatsizlik
qilishdi. Ayniqsa onasining qizini xonasiga kelib aytgan gapi qizni asabiylashtirardi. Hammasi
yaxshilikka emish. Qanaqasiga yaxshi bölsin,
hamma yaqinlariga qöshilib oyda-yilda bir
yayrab dam ololmasa? Qiz nihoyat, ota- onasiga
aytmasdan derazadan chiqib ketishga qaror
qildi. Ota- onasi sezishmasa bas. Kiyinib, uyda ota-onasi uxlaydigan vaqtda derazadan
sekingina chiqib ketdi. Restoranga kelib, bazm
xursandchiligiga qöshildi. Sevgan yigiti bilan
uzoq suhbatlashdi. Soat yangi kun boshlanganini
körsatgan vaqtda qiz ketishga chog'landi. Yigit
uni kuzatib qöyishini aytdi. Qiz taksi chaqirishini, yigit köp ichib yuborganligini va mashina
hayday olmasligini aytsada, anchagina mast
bölishga ulgurgan yigit uni eshitishni istamadi.
Nailoj, qiz mashinaga ötirdi. Köcha böylab
harakatlanishar ekan, qiz yigitdan sekinroq
haydashini söradi. Ammo yigit uni eshitadigan ahvolda emasdi. Shu asnoda qarama-qarshi
tomondan avtomobil farasi yorug'i yigitning
közini qamashtirib yubordi. Mashina polasadan
chiqib ketdi va qarshisidan kelayotgan boshqa
avtomobilga urilibdi... Qiz közlarini ochganida
tepasida xamshira turardi. Qizning hamma joyi og'rir, qöl-oyoqlarini qimirlatolmas, boshi bint
bilan bog'langandi. U zörg'a xamshiradan
ruldagi yigitga nima bölganligini söradi.
Xamshira yigit voqea joyida vafot etganligini
aytdi. Qiz ular urilgan mashinadagi odamlar
haqida söradi. Unda ham ikki kishi bölganligini va ular ham halok bölganligini bilgach,
afsuslandi. Özining ham ahvoli og'irligini sezib,
tirik qolmasligini tushundi. Xamshiraga pichirlab
gapirardi: "Opajon, iltimos, ota-onamga meni
kechirim söraganligimni aytib qöying... Men
ularni gaplariga quloq solishim kerak edi. (Qiz gapirishga tobora qiynalardi) Bilasizmi... men...
men ista...istamagandim. Ularni yaxshi
körishimni ham ayting. Aytasiz... Aytasiza?"
Xamshira namlangan közlari bilan unga jim
termulib qoldi. Qizga javob bermadi. Uning qölini
mahkam qisib oldi. Ikki daqiqadan keyin qizning joni uzildi. Shunda boshqa bir xamshira undan
nimaga gapirmaganligini söradi. U esa qizning
jonsiz yuziga termulgan köyi shivirladi: "Qizga
ular urilib ketgan avtomobilda halok bölganlar
uning ota-onasi ekanligini aytgim kelmadi..."
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 10