Bolaligidan qo‘shiq aytishni sevgan yosh Yulduz avvaliga 1982-86 yillarda Marg‘ilondagi San‘at bilim yurtida, so‘ngra esa Toshkentdagi O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasida ta‘lim olgan.
Xonanda ayniqsa "Men sizni, azizim" qo‘shig‘i bilan o‘z muxlislari qalbiga yo‘l topa olgan. Bu uning ilk qo‘shiqlaridan biri edi.
"Ko‘kka boqib yulduz sanayman, gohi kecha, kunduz sanayman, sochlarimni ming xil tarayman, sog‘inaman, yo‘llar qarayman", kabi misralarga ega bu qo‘shiq butun O‘zbekiston bo‘ylab xitga aylangandi.
Xonanda, shuningdek, "Bir qarab o‘ting bizga, leytenant, zoru intizor qizga, leytenant", kabi so‘zlari bor "Leytenant" qo‘shig‘i bilan ham ko‘plarga yaxshi tanilgandi.
Uning repertuaridan "Yulduz o‘zim", "Sevma meni", "Halitdan", "Ko‘zlarimga boq", "Kel yonimga" kabi ko‘plab boshqa qo‘shiqlar ham o‘rinlar olgan.
Yulduz Abdullayeva o‘z adashi va Marg‘ilonning yana bir dongdor mahsuli Yulduz Usmonovaga ko‘p qiyoslangan.
1980-yillar oxirlari va 1990-yillar boshlarida eng mashhur o‘zbek estarada xonandalaridan biri sanalgan Yulduz Abdullayeva radio va teleekranlarda kam chiqadigan bo‘ldi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2