SURAT…."
Bir joyga yig`ilishga juda shoshib
ketayotgandim. Yo`l yuzida qo`l
ko`tardim. Oppoq “Lasetti”
to`xtadi. Pulini kelishmasdan
ham o`tirib oldim. Yo`lda
ketarkanmiz fikru-hayolim –
majlisga kechikmaslik. Biroz
yurgach radiodan eshitilayotgan
sokin musiqa tinchlantira
boshladi. Nasib qilgan vaqtda
yetib boramanda.
Mashina ichiga razm sola
boshladim. Did bilan bezatilgan,
ko`rinib turardiki haydovchi
yigit unga qattiq e`tibor beradi.
Ko`zim old oynaning burchagiga
biriktirilgan suratga tushdi.
Oppoq ro`moldagi yuzlari nurli
onaxon surati edi.
- Onangizmi?- chidolmay
so`radim.
- Ha.- dedi yigit.
- Uzrku, hayotmilar?
- Hudoga shukr, nega qiziqdiz?
- O`zi, uzr…
Biroz sukunatdan keyin yigitning
o`zi gap boshladi:
- Bilasizmi, ko`pchilik qiziqadi
nega suratni yopishtirding deb.
Ikki sababi bor. Biri – katta
tezlikni yaxshi ko`raman.
Mashina kam yo`lga tushib
qolsam oyog`im beihtiyor gazni
bosadi qattiqroq. Onamning
suratlariga ko`zim tushgach esa
tezlikni kamaytiraman. Bitta
o`g`ilman, manga bir narsa bo`lsa
onam g`amni ko`tara olmaydi
deb qo`rqaman…
Uning gaplarida jon bor edi.
“To`g`ri” dedimku o`ylanib
qoldim – barcha tez yuradiganlar
shunday qilsa bo`larkan deb.
- Kechirasiz uka, ikkinchi sababini
aytmadingiz?- deb so`radim.
- Ikkinchisi va asosiysi – onam
doim ko`z oldimda. Ko`chadagi
ishlar, tashvishlardan siqilib
ketsam ularning yuzlarini ko`rib
barchasini orqaga tashlayman.
Onam suratini kuni bilan ko`rsam
ham qattiq sog`inaman baribir.
Uyga shoshilaman. Peshonamdan
o`pib kutib olishlarini tasavvur
qilsam ishlarimni yanayam
tezroq bitirishga urinaman.
- Sog`insez tez-tez telefon ham
qilib turasizmi?
- Albatta. Ikiki soatdan ortiq
ovozlarini eshitmasam o`zimni
qo`yarga joy topolmayman.
- Yaxshi…
Ichimda esa “Maqtanchoq
ekanmi, go`yoki boshqalar
onasini yaxshi ko`rmaydi” degan
hayol keldi. O`ylay boshladim, u
bilan o`zimni beixtiyor
solishtirib. Onamning rasmlari
yo`q yonimda. Telefonimda
papkalar ichida chang bosib
yotganini aytmaganda. Uyga
ham bu yigitdek shoshmayman.
Telefonda esa…
Shu payt unga qo`ng`iroq bo`ldi.
Mendan uzr so`rab mashinani
chetga oldi. Uzoq gaplashgani
yo`q, lekin shu qisqa vaqt ichida
“Onajon”, “Labbay”, “Ho`p
bo`ladi” kabi so`zlarni ishlatar,
juda hushmuomila bo`lib
gapirardi. Unga razm sola
boshladim. Telefonda
gaplashyaptiku har safar “Ho`p
bo`ladi” deganda egilib ketay
deyapti, go`yoki onasi qarshisida
turgandek. Ko`zlarida esa
quvonchni ko`rsa bo`lardi. Huddi
yosh bolakay onasiga
talpingandagi quvonchdek. Farqi
shunda ediki yonimda yosh bola
emas, kap-katta yigit o`tirar edi.
U bolalikdagi o`sha mehrni
saqlab qolgan edi.
Unga xavasim kelardi. Agar bu
yigitni onamlar ko`rganlarida edi
– uning onasiga ularning ham
xavaslari kelishi aniq edi. Yoki
mendan qattiq o`ksinardilar, shu
yigitchalik e`tiborli bo`lmaganim
uchun. Negadir ichimdan bir
achchiq narsa toshib kela
boshladi. Ovozim bo`g`ilib,
hiqildog`imga kelib taqaldi.
Manzilga qanday yetib
borganimni bilmayman. Majlisga
ham ninani ustida o`tirgandek
bo`ldim.
Tushlik payti esa uyga shoshdim,
qo`limda onam sevgan gullardan
guldasta.
Uyga yaqinlashganim sayin
kayfiyatim ko`tarila boshladi.
Men juda xursand edim, onamni
esa qanchalik sevinishlarini
o`ylab yuzimda tabassum bilan
eshik qo`ng`irog`ini chaldim.
- Assalomu alaykum onajon.
- Vaaleykum assalom. Tinchlikmi,
bu paytda kelmasding-ku?-
xavotir olib so`radilar.
Orqamda yashirib turgan
guldastani uzatdim:
- Sizni juda sog`inib ketdim…….
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев