yoshi, yashash manzili va nihoyat
rasmi orqali topasan. Uni
ko’rishga intilasan, afsuski unda:
‘Информация доступна только
для друзей. Это закрытый
профиль.’ – deb yozilgan….
O’tgan kunlar, bahtli damlar
birma bir nigohing
chegarasidan o’tadi. Eng
ayanchlisi, xotirang qa’ridan
birdan – ‘BO’LDI, ENDI
BEGONASIZLAR’, degan so’z
ongingda paydo bo’ladi.
Yuraging olovda qoladi. Yana
qalbing tilkalanadi. Uning yopiq
profiliga soatlab mung ila
tikilasan. Na hayotda na virtual
olamda unga yaqinlasha olasan.
Bu juda og’ir…. Uning ismini
o’qiysan, lekin, o’ziga ayta
olmaysan, chaqira olmaysan….
Rasmini ko’rasan, u har
doimgidek go’zal, lekin,
yaqinlasha olmaysan, o’zini
hayotda ko’ra olmaysan…. Uning
yoshi o’zgaribdi, tanishganingda
18 yashar edi, hozir, 20 da. ikki
yil, qachon, qanday o’tib ketdi,
umr o’tayapti, vaqt o’tayapti,
dardingga esa davo yo’q. Ba’zida
vaqt ham tuyg’ular bilan bog’liq
yaralarni tuzata olmas ekan….
Oldingda ikki yo’l bor: birinchisi:
’Добавить в друзья’ Aslo…. Endi,
begonalarsiz! Hech qachon
ko’rishish mumkin emas.
Do’stlikdan ham , sevgidan ham
asar ham qolmagan. Shunday
qoldirasan. Qo’rqasan,
unutganini rostdan bilib
qolishdan. Yaqinlashish ilojsiz….
Ikkinchisi: ‘Заблокировать
пользователя’ Qanday???
Yuragingni bir parchasini uzib,
o’zingdan yiroqqa tashlay
olasanmi? O’z holicha qoldirishni
ma’qul ko’rasan, har dam, har
onda uning qaytishidan
umidvorsan. Unutish ham
ilojsiz…. Bu og’ir, juda og’ir….
Yana, ilojsiz mungli nigohlar
bilan, ismini o’qib, suratiga
termulib vaqt o’tayotganini
anglaysan, oldingdagi ikki
yo’ldan birini ham tanlay
olmaysan…. Yana ilojsiz….
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 4