UCH FARZANDAN AYRILGAN ONA
QISMATI. . . Ertalab xotin eriga:
-Men kecha doktorga borgandim.
Uchinchi farzandimiz ham o'g'il
ekan. Ikki farzandimiz og'il bo'ldi.
Uchinchisini abord qildiramizmi
dadasi?
-Nima? Bu nima deganing?
Aqldan
ozganmisan? -Yo'q. Siz xam tushuning axir.
Oilamizni sharoitini bilasiz. Ertaga
ularni o'qitish, ulantirish kerak.
Sizga
qiyin bo'lmasin deyapman.
-Uyga sen pul topib kelib o'tiribsanmi? Yo men oilani bir
ikki
marta toriqtirib qo'ydimmi?
Xamma
qatori yashayapsan shukur qil.
Bola qorningga og'irlik qilgan bo'lsa
ayt.
Farzandni bergan xudo
risqiniyam
qo'shib beradi. Odamlar
farzandga zor bo'lib yuribdi. Omin
choyniyam
zaxar qilding. Yana bir marta shu
mavzu haqida og'iz ochsang
mendan
yaxshilik kutma-deb o'rnidan turib
ishiga yo'l oldi. Xotininining
hayolidan esa o'sha uchinchi
farzandini,uchinchi o'g'lini abord
qildirish niyati ketmasdi. U juda
o'zgarib qolgandi. Farzandlariga jaxl
qilib,ularni urardi. Bolalarini
tinchiga
qo'ymasdi. Unga dugonalarining
aytgan gaplari xech tinchlik
bermasdi. Ertaga ering qiynalib qolsa
senlarni tashlab ketadi.
O'g'illaringni
bir o'zing tarbiya qilasan.
Bunaqalarni ko'pini ko'rganman
deya uning yuragiga g'ovg'a solgandilar. Bir kuni eri tongda
ishga
ketdi. Xotin esa uchinchi og'lini
abort
qilish uchun doktorga borishga
xozirlik ko'rdi. 5 yashar og'lisi "oyijon
qayoqqa" deya so'radi.
Xotin esa
-Xozir do'konga borib kelaman.
Men
kelganimcha ukangga qarab o'tir. Men darrov kelaman -dedi.
Kichkina 2 yashar o'g'li izidan
yig'lab
qolishiga xam qaramay uyidan
chiqib ketdi. Oradan ancha vaqt
o'tdi. Xotin xaliyam kelmadi. Kichkina
o'gli
baqirib dod solib yig'layverdi.
Keyin
katta og'li ukasini
ovutish,o'ynatish uchun kir kuvadigan
mashinaning
eshigini ochib, ichiga o'tirgizdi.
Uyoq
buyoqlarini titkilab turganida
qo'li birganiga mashinani yoqadigan
knopkasiga tegib ketdi.
Mashina katta
tezlikda aylanardi. Undan otilib
chiqqan "qon" esa bolaning
yuziga,ustlariga sachrardi. Bola ukasining qonga burkanib
yotganini
ko'rib dodlab baqirib yig'lab
yubordi.
Eshikka qarab yugurdi,eshik
qulflangan. Oynani ochishga urindi,qo'li yetmiydi. Nima
qilishni
kimdan yordam so'rashni
bilmasdi.
Keyin esa kir yuvadigan
mashinadan ukasini tortib olish uchun qo'lini
cho'zdi . . .
Xotin farzandini abord
qilganidan
xursand. Bolalariga hayotida olib
kelmagan shirinliklarni bugun birinchi bora olib keldi. Eshikni
yoniga kelganida bolalarni xech
qanday ovozi chiqmasdi. Ular
uxlayotgan bo'lsalar kerak deb
eshikni sekin ochdi. Ichkariga ilk
qadamini beparvolik bilan qonning
ustiga qo'ydi. Keyin esa qo'lidan
sumkasi tushib ichidagi narsalar
sochilib ketdi. Qarasa kichik
bolasining tanasi deyarli yo'q,
katta o'g'li esa bir qo'lsiz ko'zi ochilgan
xolatda yotardi.
Qornidagi begunox farzandni
esa o'z
ixtiyori bilan olloxga qayta
topshirgandi. Xotin na yig'lashini,na
uyerga qarab borishini bilmasdi.
Faqat shu yerda qotib qolaverdi.
Shu
payt uning telefoni jiringladi,
qo'lini cho'ntagiga solib telefonini
oldiyu
kimligiga qaramay ham "yashil"
knopkani zo'rdan bosib qulog'iga
tutdi va xech nima demadi.
Keyin esa g'alati oxangda "OYIJON SIZNI
OSMONLARDA KUTAMIZ" degan
jajji
ovozlar aks sado bo'lib
eshitildi...Dur
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 6