Yashayapman sendan olisda
Kunlarimda hech bir ma'no yo'q
Sensiz qolgan yurak ojizda
Sen baxtlisan shundan ko'ngil to'q
Alamlarga boy etding mani
Muhabbatga zor etding mani
Menga qancha vadalar berib
Yolg'izlikka yor etding mani
Endi meni o'ylama zinhor
Endi senga begonadurman
Meni ishqda qilib ketding xor
Ammo menga yagonadursan
Hayolingni oldi ne bilmam
Sotildingmu tillo zarlarga
Ne ko'ylarga solding hech bilmam
Rahm aylamay bizday zorlarga
Egib ketding tik qomatimni
Sotib ketding muhabbatimni
Sof sevgiga tillo teng emas
Unutma sen shu so'zlarimni
Yot quchoqda olov yo'qmikan
Kuydurmasmu bilaklaringni
Meningdayin bag'ri cho'g'mikan
Kuydurmasmu yuraklaringni
Baxtli bo'lgin bevafo yorim
Taxtli bo'lgin bevafo yorim
Mengaku sen vafo qilmading
Yorginangga axdli bo'l yorim
Shoiringga achinma aslo
Men shunaqa dardni sevaman
Sevgim qolar qalbimda tanho
Qabirgacha olib ketaman...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев