''Kabira gunohlar''
Ko'pchilik insonlar,gunohlardan saqlanib tamoman pok bir inson bo'lib yashashni istashadi,shunday insonlarga yordam sifatida biz ularni kabira ya'ni katta gunohlar bn tanishtiramiz.
Gunohlar(olloh man qilgan amallar)ikki turga bo'linadi
1)Kabira ya'ni katta gunohlar
2)sag'ira ya'ni kichik gunohlar
bilib turib bir necha kabira gunohlarga yoki ulardan biriga mubtalo bo'lgan inson, agar tavba qilmasa, va shu holida dunyodan o'tsa, albatta uning, u dunyodagi makoni Jahannamdir.shu dunyoda esa, insonlar etiboridan tushib,jamiyatdagi o'z o'rnini quldan beradi,va odamlar unga ishonmaydigan bo'lib qolishadilar.
Agar inson kabira gunohlardan saqlansa,Olloh ta'olo uning kichik gunohlaridan utadi;"Niso"surasuda Kabira gunohlardan saqlanganlar to'g'risida shunday deb kelgan:
"agar nahy(man') qilingan kabira gunohlardan saqlansangiz,sizning gunohlaringizdan utamiz,katta gunohlardan saqlanganliklaringizni kichik gunohlaringiz kafforasi etib tayinlaymiz,sizlarni keng va sharafli bo'lmish Jannatga joylashtiramiz(4-surah,31-oyat)
kabira gunohlar turlari bn sizlarni tanishtirishdan avval, gunohning insondagi va uning hayotidagi ta'siri bn sizlarni oshno qilamiz.
"Gunoh asarlari"
1)insonni iymonda chiqaradi(inson yashash hayotidagi,zaruriy bo'lgan ishonchlarni, yolg'on yoki afsona va sarob kabi jilvalantiradi)
2)insonga pand va nasihat asar qilmaydigan bo'ladi; gunoh qilgan inson,gunohlari asarida,qalbi qorongulashib,zanglaydi,va yaxshini yomondan ajratish qobiliyatini qo'ldan boladi.
Payg'ambarimiz (s.a.v)ning nabiralari Imom Sodiq (a) : " kimda kim gunoh ishni qasd qilsa,uni bajarmasin,chunki banda qunoh qilayotganida Olloh ta'olo uni ko'radi va izzatim va jalolatimga qasamki bunday keyin,seni hech qachon kechirmayman deb aytishi mumkin''
Alloma Majlisiy ushbu hadisni shunday sharhlaydilar: Imom(a) ning bushbu hadisdagi farmoyishlarida; gunohdan qo'rqishga amr qilingan ziro har qanday gunoh,Ollohning qasamiga doir bo'lishi mumkin.
[chunki hadisda, hech bir gunohning ismi keltirilmagan,bu esa umumiyatni bildiradi,ya'ni qasam barcha gunoh turlarini o'z ichiga oladi. ]
aytganimizdek,kabira gunohlarni ushbu guruhda, har kuni bir donasini etiboringizga havola qilib,sizlarni ularning soni bilan tanishtiramiz.
1) Ollohga shirk keltirish (shirk bir necha guruhga bo'linadi)
1.1) uning zotiga,yagonaligiga shirk keltirish ; bazi bir insonlar dunyoni ikki qudrat yani yaxshilik va yomomlik qudrati bir biriga zid bo'lgan ravishda boshqarishadi deb bilishadi,bunday insonlar yaxshilik va yomonlik xudosiga etiqod qilishadi.
1.2 ) Ollohning sifatiga shirk keltirish, ya'ni ollohning sifatini uning zotidan mustaqil ravishta tasavvur qilib unga etiqod qilish.misol uchun Olloh mustaqil va uning sifati bolmish rahmoniyatlik ham ollohdan ayri ravishda mustaqil bir sifatdir deb ,agar rahmoniyatlik bo'lmasa ham olloh bordir deb bilish, shirk dir, chunki ushbu xayol olloh va uning sifati bir birlaridan mustaqil va natijada ikki mustaqil zot deganidir. manashunday bir etiqodga ollohning sifatiga shirk keltirish deyiladi.
1.3 )Ollohning fe'liga shirk keltirish : ollohning ishlarida boshqalarni sharik bilish.
1.4 )Ollohning toatidagi shirk : undan boshqasiga itoat qilish,yoki u bilan birgalikda boshqasiga itoat qilish.
1.5 )Ollohninh ibodatida : ollohdan boshqasiga siginish(budparast..) manashular kabira gunohlaridan biridir.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев