Ilk oq tolalar....Soch rangi uchun melanin pigmanti: “javobgar”dir. Organizmda melanin ishlab chiqarilishi kamayganda soch tolalari oqara boshlaydi. Sochlar o`rtacha 35-40 yoshda oq ranga kira boshlaydi. Ammo, ilk oq soch tolalari 20 yoshdan oldin ham paydo bo`lishi mumkin. Qarilik eshigimni qoqdi, deya darrov havotirga tushmang. Ammo soch oqarishining sababini ertaroq aniqlash lozim. Chunki, bu organizmdagi biror-bir buzilishdan darak beradi.
Sochning erta oqarishi sabablari.
Nasliy;
Organizmda oqsil yetishmovchiligi, aynan esa oqsil tarkibidagi tirozin moddasning yetishmasligi;
Asab tizimini buzilishi yoki qalqonsimon bez kasalliklari, kamqonlik;
Vitiligo;
V guruhi vitaminlari, rux (sink) va mis (med) yetishmovchiligi;
Ortiqcha darajada qahva va tuz iste’mol qilish;
Chekish:
***
Soch oqarishining oldini olish mumkiinmi?
Avvalambor sog`lom hayot tarziga rioya qilish kerak. Yetarlicha uhlash, immunitet va asab tizimini mustahkamlash organizmda melanin moddasi yetishmovchiligini oldini oladi.
Agar sochning erta oqarishiga sabab qalqonsimon bez kasalliklari bo`lsa, birinchi bo`lib kasallikni davolash kerak, shunda soch oqarishi ham o`-o`zidan bartaraf bo`lishi mumkun.
Chekishni tashlang, bu zararli odat sababli to`qimalar kislorodga to`yinolmaydi va bu melanin ishlab chiqarishning pasayishiga olib keladi.
To`g`ri ovqatlanish. V guruh vitaminlari bilan birgalikda rux va mis minerallariga boy bo`lgan oziq-ovqatlarni istemol qiling. Bular sut mahsulotlari, qizil go`sht, guruch, grechka, sabzi, apelsin, pomidor va jigar, yong`oqlar, dukkakli o`simliklar, karam.
***
Oqargan tolani yulish mumkinmi?
Ba’zi ayollar paydo bo`lgan ilk oq sochlarni yulib tashlashadi, bu umuman noto`g`ri. Bittasini yulsang battar ko`payadi degan gapda jon bor. Oqargan sochlarning ko`payib ketishini oldini olish uchun esa V guruhi vitaminlari qabul qilish zarur.
***
Xo`sh, nima qilish kerak?
Oq sochlar soni kundan-kun ko`payib ketayotgan bo`lsa, nachora, kosmetik-kimyoviy usuldan foydalanamiz. Oq tolalarni yashirishning bor yo`li – soch bo`yog`i. Oqargan sochlarni hozir urf bo`lgan “pyori’shka” uslubida bo`yash bilan yashirish mumkin. Bu uslubda soch bo`yash sariq, och jigarrang sochli ayollarga mos.
To`q qora, jigarrang soch sohibalari sa 70 foiz oqargan sochlarni bo`yovchi (qadog`ida ko`rsatilgan) soch bo`yog`i qo`llang.
Shuningdek, xina va basma aralashmasi ham oq sochlarni bo`yaydi, hamda sochlar uchun foydali ta;sir ko`rsatadi.
***
Xavotirga tushmang!
Sochlaringizga oq oralashi siqilish uchun sabab bo`la olmaydi. Bunaqada sochingizni battar oqartirib olasiz. Agar sochlarning oqarishiga biror bir kasallik sabab bo`lmasa, oqarishni shunchaki davolab, ya’ni qaytadan rang berib bo`lmaydi. Ammo hozirgi kunda turli-tuman soch bo`yoqlari ko`p bo`lib, ular yordamida “qarilik” alomatidan osonlikcha qutilasiz.
***
Fakt: erkaklarda birinchi o`rinda soqol va mo`ylov oqarsa, ayollarda oqarish chakka sochlaridan boshlanadi.
Fakt: tirozin moddasining kamayishi natijasida sochlar oqara boshlaydi. Shuningdek, oqsilsiz parhezga zo`r bergan ayollarda erta soch oqarishini ko`rish mumkin.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 83